Yovich: "Menda hammasi joyida"
04 fev 2020 13:40
Yangiliklar
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli serbiyalik futbolchi Madrid klubi bilan 2019 yilning yozida shartnoma imzolagan edi.
"Bu xato bo'ldi deb o'ylamayman, chunki "Real"dek dunyodagi eng katta klub meni o'ziga chorlagandi. Men muvaffaqiyatga erishishimga aminman. O'z darajamga egaman va "Real" o'yinchisi bo'lishga loyiq ekanligimni isbotlayman.
Hozir men moslashishning qiyin davridaman, shu sababdan ko'proq ishlashim kerak", - deydi Yovich.
Eslatib o'tamiz, Yovich joriy mavsum "Real" tarkibida La Ligada 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar