So’nggi yangiliklar

22:20BALLON D'OR-2025  15 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  9 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  5 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  5 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  9 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  38 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  10 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0

“Yoshlik”ning yosh futzalchilari musobaqa g'olibi Yangiliklar

“Yoshlik”ning yosh futzalchilari musobaqa g'olibi

Teglar :  FutzalYoshlik
Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (direktori Jamoladdin Abdullaev) tomonidan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab sport turlari bo'yicha “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida ko'plab musobaqa va turnirlar tashkil etildi.

Mubolag'a emas, 2005 yilda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari o'rtasida futzal bo'yicha uyushtirilgan SO'EAIBO'SM ochiq birinchiligi ham qatnashchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Musobaqada 9 ta jamoa g'oliblik uchun maydonga chiqdi. O'yinlar avvaliga uch guruhda tashkil etildi. Guruh o'yinlari g'oliblari va eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan bitta ikkinchi o'rin sohibi yarim finalga yo'l oldi.
-Mahorat maskanimizda har bir qutlug' sana va umumxalq bayramlari munosabati bilan birinchiliklar o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Bundan ko'zlangan maqsad, avvalambor tarbiyalanuvchilarimizning malaka va tajribasini oshirishga qaratilgan. Qolaversa, yosh avlodni jismonan va manan barkamol ruhda voyaga etishlarini taminlashdir. Ishonchim komilki, uyushtirilayotgan musobaqalarimiz chog'ida niyatlarimizga erishyapmiz, - deydi sport maktabi metodisti Anvar Alimov.

Yakuniy natijalarga ko'ra, “Yoshlik”(SO'EAIBO'SM, treneri Ilyos Xayrov) jamoasi musobaqa g'olibi bo'ldi. Ikkinchi o'rinni “Gurlan” (Gurlan tumani, treneri Qahramon Sotiboldiev) jamoasi egalladi. Uchinchi o'rin “Spartak” (Urganch shahri, treneri Marks Quramboev) va “Lochin”(Urganch tumani, treneri SHixnazar Ollaberganov) jamoalariga nasib etdi.





Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика