Yorqin Nazarov: "To'g'ri yo'ldan ketyapmiz"
18 jan 2023 14:30
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "To'g'ri yo'ldan ketyapmiz"
"So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov jamoaning "Andijon"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin fikrlarini bildirdi.
- Jamoa o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
- Avvalo, bu o'rtoqlik o'yini ekanligini inobatga olish lozim. Kecha ikki mahal shug'ullangandik. Bu o'yinda jarohat bo'lmasligi kerak edi. SHunchaki chiziqlarni bir-biriga bog'lab oldik, to'g'ri yo'ldan ketyapmiz.
O'yindan qoniqdim. Natijaga qarash yo'q. Hozir kim qaerda o'ynashini hal qilib olyapmiz. Birinchi bahs uchun ancha yaxshi ko'rindik.
- Yangi kelgan futbolchilarning o'yini borasida qanday fikrdasiz?
- Bir himoyachimizda o'yin amaliyoti bo'lmagani bois uni ikki taym o'ynatdik. U yaxshi darajadagi futbolchi, sport formasi tiklanishini taminlashimiz kerak. Hujumchimiz ham yaxshi saviyadagi o'yinchi ekanligi ko'rinib turibdi. Yangi kelgan legionerlar harakatlaridan qoniqyapman.
- Oldindagi rejalar qanaqa?
- Oldingidek, yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilish.
- Yana nazorat o'yinlari va xorij yig'ini bormi?
- Yana nazorat uchrashuvlari bor. Toshkentdagi Superliga jamoalariga qarshi bahslarimiz bor. Keyin 27 yanvarda Turkiyaga uchib ketamiz va o'sha erda xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar