Yorqin Nazarov: "Nimchorak finalda O'zbekistonga oson raqib tushdi? Raqibni mensimaslik mumkin emas"
29 jan 2024 20:15
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "Nimchorak finalda O'zbekistonga oson raqib tushdi? Raqibni mensimaslik mumkin emas"
|
Uzbekistan Azizbek Turgunbaev - 37', Abbosbek Fayzullayev - 65' |
Asian Cup Final Stage . 1/8-tur 30/01/2024, 16:30 1
:
2
Tugadi
|
Thailand Supachok Sarachart - 58' |
Stadion: Al Janoub Stadium, 18691 tomoshabin
"Hammamiz nimchorak finalda oson raqib tushdi, deb o'ylayapmiz. Lekin raqibni mensimaslik mumkin emas. Tailand futboli ham o'zgaryapti. Xorijlik murabbiylar kelib ishlayapti. Xudo xohlasa, bu jamoa to'sig'idan o'tamiz.
Srechko Katanec raqib kim bo'lishidan qatiy nazar maydonga jangovar tarkibni tushiradi va shunday o'yin talab qiladi. Tarkibda rotaciyalar bo'lsa ham o'yin uslubimiz o'zgarmaydi. Tailand bilan asosiy tarkibda kimlar tushishi qiziq. O'zbekistonda teng kuchli 2ta tarkib bor, futbolchilar bir-birini o'rnini to'ldira olishadi.
Terma jamoamizda oldingi chiziqda kuchli ijrochilar bor va ular keskinlik yarata olishadi. Futbolchilarimizga ishonaman. Fikrimcha, yigitlar vaziyatni ekstra-taymlargacha olib borishmaydi va asosiy vaqtda hal qilishadi. Omad yor bo'lsin",- deydi Yorqin Nazarov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar