So’nggi yangiliklar

19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  16 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  21 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  35 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

Yilning eng yaxshilarini kim aniqlaydi? Yangiliklar

Yilning eng yaxshilarini kim aniqlaydi?

Teglar :  Eng zo'r-2024
Har mavsum oxirida deyarli bir xil manzara ko'ryapmiz.

Malumki, futbolimizda har yil yakunida "Yilning eng yaxshilari" aniqlab kelinadi. Va bu o'rinda biz bitta mezonni tanlab olishimiz kerak bo'ladi. Yani, yilning eng yaxshilarini aniqlash O'FAga ko'rami yoki PFLga ko'rami?

O'FA telegram kanali turli nominaciyalar bo'yicha "Eng yaxshi" bo'lishga nomzodlar ro'yxatini berishni boshladi. Lekin bu o'rinda barcha yo'nalishlar bo'yicha aniq bir mezon tanlab olinmagandek go'yo. Masalan, ayollar futboli bo'yicha eng yaxshi murabbiy va futbolchini O'FA aniqlasa bo'ladi. CHunki ayollar oliy ligasi, birinchiligi, Kubogi kabi musobaqalarni O'FA o'tkazib kelyapti va to'liq nazorati ostida. SHu tomondan etiroz yo'q.

Lekin futzal bo'yicha yilning eng yaxshi murabbiyini kim aniqlashi kerak? O'FAmi yo PFLmi? Agar O'FA aniqlashi kerak bo'lsa, demak urg'uni terma jamoaga qaratishi kerak bo'ladi. CHunki futzal ichki musobaqalarini PFL o'tkazyapti. Nomzodlarga etibor beramiz: Aleksandr Petrov, Fuzuli Xayrullaev, Nodir Eliboev. Gap kim yutishida emas, balki har uchala murabbiy klubda bosh murabbiy bo'lib ishlayotganida. Demak, aslida PFL aniqlashi kerak emasmi?

Yilning eng yaxshi futzalchisi uchun nomzodlar 7ta. Nimaga asoslanib tanlab olingani qorong'u. Klubdagi o'yiniga qarabmi yo terma jamoadagi o'yiniga qarabmi? Agar klubidagi o'yiniga qaralgan desa nega O'FA ichki chempionatni kuzatyapti, to'g'rirog'i PFL musobaqasiga aralashyapti degan savol yuzaga keladi. Agar terma jamoadagi o'yiniga qarab deyilsa, Jahon chempionatidagi ishtirokni va futzalchilarimiz o'yinini ko'rdik. Qaysi o'rindaligimiz baho berib bo'ldi bu tomondan.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo'yicha keltirilgan nomzodlar borasida ham savollar bor. Nomzodlar - Ro'ziqul Berdiev, Mirjalol Qosimov, Timur Kapadze. Kapadze mayli terma jamoa miqyosida ishladi deylik. Lekin Berdiev bilan Qosimov nima uchun bu ro'yxatga kiritilgani umuman tushunarsiz. Aslida ular PFL ro'yxatida bo'lishi kerak. 

O'FA asosan terma jamoalar va chetda to'p surayotgan legionerlar bilan ishlaydi. SHunday ekan, nega bu ro'yxatda Srechko Katanec yoki bo'lmasa yoshlar va o'smirlar terma jamoamiz bilan Osiyo chempionatiga chiqqan Farhod Nishonov bilan Islom Ismoilov yo'q degan savol yuzaga keladi. Qiziq, O'FA nima uchun Superligani etiborga olyapti?

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar 14 nafar ekan. Ular orasida legionerlar ham, mahalliy o'yinchilar ham bor. Mayli, bular terma jamoada o'ynayapti deya qolaylik. Mabodo bu o'rinda ham Superliga etiborga olingan bo'lsa, bu yana xato bo'ladi.

Xullas, O'FA o'z yo'nalishi bo'yicha etiborni avvalo terma jamoalarga qaratgan holda eng yaxshilarni aniqlashi lozim. PFL esa o'zi bosh-qosh bo'ladigan turnirlar bo'yicha eng yaxshilarni aniqlashi kerak bo'ladi.

Bundan tashqari har ikkala tashkilot yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirni alohida-alohida tashkil qilishi kerakki, jurnalistlar va muxlislar ikkilanib qolmasin: kim kimning yo'nalishida g'olib bo'ldi deya. 

Unutmang, O'FA talqiniga ko'ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va hokazo" deyish bilan O'zPFL talqiniga ko'ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va hokazo" deyishning juda katta farqi bor. Hozir esa O'FA keltirayotgan bazi nomzodlar bo'yicha etarli savollar kelib chiqyapti.

X.Xoliqov.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика