So’nggi yangiliklar

16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  0 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  13 16:13Про лига. "ФарДУ" – "Локомотив". Таркиблар маълум  1 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   2 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  4 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  4 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1

"Yashnobod" stadioni qurilishida Natko kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi Yangiliklar

"Yashnobod" stadioni qurilishida Natko kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi

Poytaxtimizning Yashnobod tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yashnobod” futbol jamoasi O'zbekiston milliy chempionati PRO ligasida o'zining debyut mavsumini o'tkazmoqda.

Garchi, yashnobodliklar ilk marotaba mamlakat miqyosidagi musobaqada qatnashayotgan bo'lsalar-da, o'zlarining yorqin o'yinlari bilan muxlis va mutaxassislar etiborini qozonayotganligi shubhasiz. Ayniqsa, jamoa azolari O'zbekiston kubogi — 2019 bahslarida chiroyli o'yinlar ko'rsatganligi ahamiyatlidir. Amaldagi mavsumda Azizjon Fayziev shogirdlari PRO liga vakillari orasida super liga jamoasini mag'lubiyatga uchratgan yagona klub sifatida tarixdan joy oldi.

Bularning barchasi avvalo Yashnobod tuman hokimligi va xomiylarning “Yashnobod” jamoasi uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida etibor berayotganligi bilan belgilanadi. Yashnobodliklar mashg'ulotlarni tumandagi 198-sonli umumtalim maktabi stadionida o'tkazsa, uy uchrashuvlarini “Yakkasaroy” sport majmuasida o'ynab kelmoqda.



Kelgusida futbolchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishni o'z oldiga maqsad qilgan Yashnobod tuman hokimligi yaqinda yana bir amaliy ishga qo'l urdi. Tuman hokimi Xojiakbar Tillashayxov tashabbusi bilan “Yashnobod” jamoasi uchun suniy qoplamali futbol maydoni va mashg'ulotlar bazasi barpo qilinadigan bo'ldi.

Bugun Yashnobod tuman hokimligida tuman hokimi Xojiakbar Tillashayxov mazkur loyiha bo'yicha dunyoga mashhur HATKO SPORTS TECHNOLOGIES CORP kompaniyasi vakillarini qabul qildi.



— Yurtimiz istedodli yoshlarga boy, — dedi Xojiakbar Kamoliddinovich. — Maqsadimiz — kelgusida ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni kashf etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Tashkil topganiga endigina bir yildan oshgan “Yashnobod” jamoamiz mamlakat milliy chempionati PRO ligasida qatnashmoqda. Futbolchilarimiz erishgan natijalar bilan hali maqtanishga erta. Buning uchun avvalo futbol klub o'z infrastrukturasiga ega bo'lishi lozim. Keyin biz jamoa oldiga jiddiy vazifalar qo'ysak yarashadi. SHuni hisobga olib, “Yashnobod” professional futbol klubiga zamonaviy qarorgoh barpo etamiz. Bu borada bizga katta tajribaga ega HATKO SPORTS TECHNOLOGIES CORP kompaniyasini tavsiya qilishdi. Suniy qoplamali futbol maydoni bilan birgalikda bu maskanda 30 o'rinli yotoqxona, mashg'ulotlar maydonchalari, yuvinish va echinish xonalari, trenajyorlar hamda avtoturargoh ham bunyod etiladi. Yangi stadion o'z bag'riga uch ming tomoshabinni sig'dira oladi. Ishonamanki, yaratiladigan zamonaviy sharoitdan so'ng, tumanimiz sharafini himoya qilayotgan jamoamiz milliy chempionatda ham o'z mavqeiga ega bo'ladi va muxlislari safi yanada kengayadi.



Tuman hokimi hamrohligida kompaniya vakillari yangi sport inshooti qurilishi mo'ljallangan manzilga tashrif buyurishib, yangi loyiha bo'yicha zarur chora-tadbirlar xususida maslahatlashib olishdi.

— Zamonaviy sharoitlarga ega futbol klubining kelajagi porloq bo'lishi tabiiy, — deydi HATKO SPORTS TECHNOLOGIES CORP vakili Yuriy Elchibekov. — Bunday hamkorlikdan mamnunmiz, albatta. CHunki bu kompaniyamizning O'zbekistondagi birinchi loyihasi emas. Bungacha O'FA qoshidagi “CHig'atoy” terma jamoalar o'quv-mashg'ulotlar markazida ham Turkiya texnologiyasi asosida suniy qoplamali maydon barpo etganmiz. Sport bazasi uchun tanlangan joy ham bizga manzur bo'ldi. SHundoqqina yangi qurilayotgan erusti metro yo'li va bekati yonginasida ekan. Bu kelgusida futbol muxlislari uchun ham, futbolchilar uchun ham qulaylik yaratadi, albatta.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика