So’nggi yangiliklar

19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  0 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 19:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  5 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5

Futbol haqiqatan ham birinchi o'rindami? Yangiliklar

Futbol haqiqatan ham birinchi o'rindami?

O'zbekiston o'z tarixida ilk marotaba mundialga chiqdi.

Ushbu tarixiy natija kichik bolakaylardan boshlab, mamlakat prezidentini ham xursand qildi. Qo'shni mamlakatlar etakchilari prezidentimizni aynan terma jamoaning yutug'i bilan alohida tabriklagani esa mamlakat yurtboshini yanada quvontirgani va mag'rur qilgani aniq. Endi O'zbekiston okean ortidagi mundialga boradi, bir oy davomida butun dunyo bizning mamlakatimizga etibor qaratadi. Xorijiy nashrlar, futbolchilar haqida yoza boshlaydi, millionlab muxlislar esa O'zbekiston qanday mamlakat ekanligi haqida bilib oladi, balki kelajakda shu voqeiylikdan so'ng yurtimizga sayoh bo'lib kelishlari ham mumkin. Xullas, MTJ mundialga yo'l olgani bizga faqatgina foyda keltiradi.



Biz Jahon chempionatiga chiqishga har doim yaqin kelganmiz va Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan keyingi asosiy davogar bo'lganmiz, ammo bularning hammasi qiyinchiliklarga va to'siqlarga qaramay, qayd etilgan natija. Ruschasiga aytganda "vopreki". Sharqiy Osiyo mamlakatlari futbolga ajratayotgan mablag'i, O'FAga kelib tushayotgan pullardan bir necha barobar ko'proq. Zamonaviy futbolda esa barchasi mablag'ga bog'liq. Lekin shunga qaramay, O'zbekiston mundial ishtirokchisiga aylandi, masalan, Tailand yoki Indoneziya esa bunday natijaga qayd etishdan ancha yiroq. Uzoq yillar davomida va haligacha omma futboldan faqat va faqat natija talab qilib kelgan, biroq etarlicha sharoitlar va imkoniyatlarsiz. Ishonmasangiz, JCH-2014 uchinchi saralash bosqichi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi safardagi uchrashuvga MTJ qanday ahvolda etib borganini eslang. Agar o'sha vaqtda MTJ uchun normal sharoit yaratib berilganida biz Braziliyaga borgan bo'lardik, menimcha. Oradan 11 yil o'tdi, ammo futbolga bo'lgan etibor hali hamon o'zgarmagandek.

Sababi bugun bir necha soatdan so'ng mashhur xonanda Jennifer Lopesning koncerti "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. Ushbu koncert afishasi ancha katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Mashhur xonanda ilk marotaba yurtimizga tashrif buyurmoqda. Bunday tadbirlar Toshkentga ancha kerakli va yoshlarga maqul kelishi aniq. Ming afsuski, bunday qiziqarli tadbir "Bunyodkor"da o'tkazilmoqda. Ha, o'sha chimi o'zbek futbolida katta muammo va muhokamalarga sabab bo'lgan "Bunyodkor" stadioni. Ustiga-ustak, koncert tufayli Superliga jabr ko'rmoqda. Ertaga "Bunyodkor" Superliga 17-turi doirasida "Sho'rtan"ni o'z uyida qabul qilishi kerak edi, ammo bizga koncert muhimroqdek. "Bunyodkor" uchrashuvni o'z stadionida emas, JARda o'tkazadigan bo'ldi.. Qiziq, to'g'rimi? Evropa chempionatlaridan birida shunday holat bo'lishi mumkinmi? Tasavvur qiling, "Atletiko" stadionida koncert o'tkazilayotgani uchun bir uchrashuvni "Santyago Bernabeu"da o'tkazsa.

Aytgancha, futbol stadionlarida koncert va turli xil tadbirlarni o'tkazish butun dunyo bo'ylab urfga kirgan. Bu normal holat va qo'shimchasiga stadion bunday tabdirlardan mo'maygina daromad qilib olishi ham mumkin. Masalan, avvalroq misol qilib keltirgan "Atletiko Madrid" klubi ham o'z stadionida turli xil tadbirlarni o'tkazadi va shu orqali yaxshigina pul ishlaydi. 28 iyun kuni mashhur "Imagine Dragons" guruhi "matraschilar"ning stadioni "Riyad Eyr Metropolitano"da o'z koncertini o'tkazdi. Shuningdek, "Riyad Eyr Metropolitano" butun yoz davomida qabul qiladi.

2025 yilda "Metropolitano"da o'tkaziladigan koncertlar:

 • 30 may: Ed Sheeran

 • 31 may: Ed Sheeran

 • 7 iyun: Natos y Waor

 • 14 iyun: Lola Indigo

 • 20 iyun: Dellafuente

 • 21 iyun: Delafuente

 • 28 iyun: Imagine Dragons

 • 5 iyul: Iron Maiden

 • 12 iyul: AC/DC

 • 16 iyul: AC/DC

 • 22 iyul: Stray Kids

 • 23 iyul: Stray Kids

 • 30 iyul: Aitana

 • 31 iyul: Aitana

Biroq barcha koncertlar yozda o'tkazilmoqda, "Atletiko" stadionidan foydalanmayotgan vaqti. Bizda esa Lopes koncerti tufayli "Bunyodkor"ning o'yini boshqa stadionga ko'chirildi. Futbolga bo'lgan etiborni sezyapsizmi? Stadion aslida futbol uchrashuvlarini qabul qilish kerak va bu asosiy vazifadir. Bizda esa koncert tufayli futbol klubi o'z rejalarini o'zgartirishga majbur. Mana shunday kichik detallar futbolimizga rivojlanishini sekinlashtiradi. Sababi, futbolda mayda detallarning o'zi yo'q. Maydon holati ham katta ahamiyatga ega.


"Sputnik Armenia" nashri xabar berishicha, Jennifer Lopesning koncertidan so'ng Armaniston terma jamoasi uchrashuvlari o'tkaziladigan "Respublika" stadionining maysani juda yomon ahvolga kelib qolgan. Koncert dasturidan so'ng stadionda bo'lishga ulgurgan shaxslarning so'zlariga ko'ra, stadionda endi futbol uchrashuvlarini o'tkazishning iloji yo'q. Chimni avvalgi holatga keltirish uchun esa katta hajmdagi ish bajarilishi kerak.

Gazon glavnogo stadiona Armenii posle koncerta Lopes silno povrejden: istochnik


Avgust oyi oxirida esa "Bunyodkor" stadioni Cafa Nations Cup bahslarini qabul qilishi kerak. Koncert dasturidan so'ng maydon holati qanday bo'ladi? Agar chim jabr ko'rsa, uni tiklash va avvalgi holatga keltirib olish uchun qancha vaqt talab etiladi? Bu savollarga javobni hech kim bera olmasa kerak. Afsuski.

Maqola boshida aytganimdek, futbolda erishilayotgan natijalarning barchasi qiyinchiliklar va to'siqlardan o'tib erishilmoqda. Futboldan natija talab qilishdan oldin barcha sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Biz esa faqat futbolni tanqid qilish va hazil qilishdan buyog'iga o'tmaymiz. Borimiz shu, afsuski. 



P.S Bugun koncertga boradiganlar, maydonda ko'p sakramanglar, iltimos.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 avg 18:40:01
Tulkin Alimov
Шу аёл ўтган йили Фаластин давлатига 4,5 милион доллар ҳайрия қилганди.
Менимча бу тур концертларидан тушган маблағларниям, ҳайрия ишларида ишлатади.
   
07 avg 18:03:43
Oybek Haydarov
Булаверсин концерт Женифер хар доим келопти и нима
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика