"Bunyodkor" stadionida taxminan 2 oy futbol o'ynab bo'lmaydi
08 avg 18:06
Yangiliklar


"Bunyodkor" stadionida taxminan 2 oy futbol o'ynab bo'lmaydi
Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev stadion holatini o'rgandi va quyidagilarni xabar berdi.
"Stadion chimi bilan shug'ullanadigan agronom bilan gaplashdim. Uning aytishicha, o'lgan maysalarni maxsus texnika yordamida terib chiqish kerak. "Bunyodkor" stadionida mana shunday texnika bor ekan.
Agronomning aytishicha, endi maysa o'ziga kelishi uchun taxminan 2 oy vaqt kerak bo'ladi", – deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" bugungi bahsni o'z arenasida emas, "Jar" stadionida o'tkazadi. "Sho'rtan" bilan bahs 21:15 da boshlanadi.
Avvalroq "Kingdom Arena" stadioni agronomi Styuart Makcheyn odatda maydon o'ziga kelishi uchun 6-8 hafta kerak bo'lishi, bilim bo'lmasa, bir zumda maydonni "o'ldirib qo'yish" mumkinligi haqida aytgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar