"Yaralangan qush". Havaskorlarga mag'lub bo'lgan "Ayaks" muxlislarga pullarini qaytarib beradi
24 dek 2023 17:26
Yangiliklar
"Yaralangan qush". Havaskorlarga mag'lub bo'lgan "Ayaks" muxlislarga pullarini qaytarib beradi
21 dekabr oqshomida "Ayaks" mamlakat kubogi 2-raundida havaskorlar jamoasiga mag'lub bo'ldi.
"Yaralangan qush" misoli hamon parvoz qilayotgan "Ayaks" mavsumni yaxshi boshlay olmagandi. Erediviziyadagi dastlabki 6 o'yinning 5tasida mag'lub bo'lgan amsterdamliklar so'nggi o'ringacha tushib ketgandi. Biroq keyinchalik o'ziga kelgan ketma-ket 5 g'alabaga erishib, turnir jadvalida 5-o'ringacha ko'tarilib olgandi.
Biroq "Ayaks" Niderlandiya Kubogi 2-bosqichida mamlakatning uchinchi divizioni vakili, havaskorlardan tashkil topgan "Xerkules" jamoasiga mag'lub bo'ldi. Klub ushbu uchrashuvda jamoani qo'llab-quvvatlash uchun borgan barcha muxlislarning yo'l harajatlari pullarini qaytarib berishini malum qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar