So’nggi yangiliklar

03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  7 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  4 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  4 00:50ЕЧЛ. "Милан" ва "Атлетико" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:35ЦСКА "Рубин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Россия кубоги ярим финалига йўл олди. Файзуллаевдан гол!  14 23:45Жуд Беллингем: "Олтин тўп" "Реал Мадрид"га келиши керак эди"  6 23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  15 22:19Cуперлиганинг охирги турида учта ўйинда ВАР ишлайди. Қолган учрашувларга қўшимча ёрдамчи ҳакам бириктирилади  7 21:25ПСЖ нега айнан Ҳусановга қизиқиб қолди? Foot Mercato нашри Абдуқодирга Париж клубидан бўлган қизиқиш тафсилотларини маълум қилди  16 20:29Рўзиқул Бердиев: "Рақиб маҳоратли ўйинчиларга эга жамоа, аммо биз кўпроқ ўз ўйинимизга эътибор беришимиз зарур"  10 19:45Небойша Йовович: "Муҳими ўйинга бўлган тайёргарлик ва ғалабага бўлган ишонч"  3 18:57Нкунку "Челси"дан Бундеслигага қайтиши мумкин  0 18:33Жоржиньо ёзда "Арсенал"дан кетади  0 18:11"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0

Yaponlar tufayli futbolni tark etish fikridan qaytgan, "Real"ga qarshi finalda assist qayd etgan hamda O'zbekistonning uchta klubiga gol urgan Kayo Lukas bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Yaponlar tufayli futbolni tark etish fikridan qaytgan, "Real"ga qarshi finalda assist qayd etgan hamda O'zbekistonning uchta klubiga gol urgan Kayo Lukas bilan yaqindan tanishamiz

Braziliyalik vinger Yaponiya terma jamoasida to'p tepish taklifini qabul qilishi mumkin edi.

Kayo Lukas Fernandesh 1994 yilning 19 aprelida Braziliyaning San Paulu shahrida tavallud topgan. U futbol o'ynashni 8 yoshida mahalliy Arachatuba va Amerika-SP klublarida boshlagan. Keyinchalik 2005 yildan 2009 yilgacha "San Paulu" yoshlar jamoasida o'ynadi, ammo murabbiylarning ishonchini qozona olmadi. 

"San Paulu"da menga joy yo'q ekanligini aytishdi. Lekin u er menga katta tajriba bo'ldi. Jamoadan ko'p narsalarni o'rgandim, u erda bugungi kunda yulduzga aylangan Edmilson, Lukas Moura, Rodrigo Kayo, Kazemiro va boshqa futbolchilarni uchratdim.

So'ngra u "Santos" va "Palmeyras" tarkibiga qo'shilishga urinib ko'rdi, biroq bu urinishlar ham zoe ketdi. 

Urinishlarim besamar ketavergach, futboldan ko'nglim qola boshladi. Hatto butsalarimni do'stimga berib yubordim. Men boshqa ish bilan shug'ullana boshlagandim. 

Ota-onasining talabi bilan u oxirgi marta o'z omadini sinab ko'rishga harakat qildi. Kayo butsalarini do'stidan qaytarib oldi va Braziliyaning Birigiu shahriga tashrif buyurgan Yaponiyaning CHiba xalqaro kollej jamoasi sinovidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Yaponiyaliklarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik, men besh daqiqa davomida juda yaxshi o'yin ko'rsatdim. To'pga ikki marta teginishim bilan ularga o'yinim yoqib qoldi.

SHu tariqa, 17 yashar o'spirin kunchiqar mamlakat tomonidan o'qish va futbol jamoasida o'ynash taklifiga rozilik bildirib, dunyoning narigi chekkasi bo'lgan SHarqiy Osiyoga yo'l oldi hamda u erda uch yil tahsil oldi.

Dastavval ancha qiyinchilikka duch keldim. Yapon tilida gapirishni bilmasdim. Baxtimga men bilan birga Breno ismli do'stim birga ketgandi. Safarimiz avvalida faqat bir-birimiz bilan gaplashardik. Yapon qizlari gapirganda, tushunmaganimizdan shunchaki jilmayardik. Buni katta iroda bilan engib chiqdik. 

Yapon maktablarida qatiy qoidalar mavjud edi. O'qituvchining yonidan o'tganimda hurmat belgisi sifatida boshimni pastga egib o'tishga majbur edim. Hatto katta yoshdagi o'quvchilar ham shunday qilishardi. 

Mahalliy taomlarga moslashishga ham ancha vaqt ketdi. Qarshingizda xom baliqlar va qimir-qimir etayotgan mitti mavjudotlarni ko'rish hayratlanarli. Men faqat kechtup va mayonez qo'shilgan guruch istemol qilardim. Keyinchalik boshqa taomlarni istemol qilishni o'rgandim.

Bu erda ota-onamni yanada qadrlarshi o'rgandim, yapon madaniyatida bu nihoyatda yuqori o'rinda turadi. Oilamdan uzoqda bo'lishimga qaramay, maktabdagilar bilan tezda do'stlashib oldim.

O'qishni tamomlagandan so'ng, Lukas 2014 yil J1 ligasida ishtirok etadigan klub "Kashima Antlers"ga qo'shildi. Professional futboldagi ilk mavsumida hamyurti braziliyalik Tonino Serezo qo'l ostida shug'ullangan Kayo ilk mavsumida 37 o'yinda 9ta gol urib, jamoasining Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishida hissa qo'shdi. Bundan tashqari, u yil yakunida J1 liganing eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etildi va Yaponiya chempionati tarixida eng yaxshi yosh futbolchiga aylangan ilk xorijlik shaxs bo'ldi. 

Mukofot oldinga tashlangan qadam bo'ldi. Men bundan ko'prog'iga erishmoqchiman. Maqsadim sari sadoqat ila intilishda davom etaman.

CHap qanot futbolchisi hatto madaniyati havas qilgulik bo'lgan Yaponiyada irqchilik bilan bog'liq hodisaga duch keldi. Gap shundaki, uning jamoasi liga doirasida "Urava Red Daymonds"ni 2:0 hisobida mag'lub etadi. Kayo hisobni ochishga muvaffaq bo'ladi. Uchrashuvdan so'ng raqib jamoa muxlislari Tvitterda o'lim tilab, uni "qora tanli Kayo" deb atashadi. Bundan xabar topgan vinger unga javob qaytaradi.

Ha, men qora tanliman va bundan faxrlanaman. Umid qilamanki, Xudo u odamni kechiradi.

Keyinroq haqoratomuz tvit o'qirib tashlanadi va foydalanuvchi uzr so'raydi.

Lukas 2015 yil Imperator kubogini qo'lga kiritdi va jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi. 2016 yil esa mamlakat chempionatida g'olib chiqdi. Uning iqtidorini payqagan yaponiyaliklar futbolchiga mamlakat terma jamoasi libosini kiyish taklifini bildirdi. Kayo hatto bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirdi. Biroq buning uchun u mamlakatda besh yil professional futbol bilan shug'ullanishi kerak edi. Biroq 2016 yil Birlashgan Arab Amirliklarining yirik klublaridan biri "Al Ayn"ning taklifi vingerning fikrini o'zgartirib yubordi. Kayo 3 million evro evaziga arab klubiga ko'chib o'tdi. 

Braziliyalik yigitcha "Kashima"dagi ikki yarim yillik faoliyati davomida 100dan ortiq o'yinda maydonga tushib, 27 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Futbolchi o'zi uchun eng yaxshi qarorni qabul qilishi mantiqan to'g'ri. Men yaxshi tanlov qildim, chunki oilamga har qachongidan ko'proq yordam bera olaman. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. SHu kunga qadar muxlislarning olqishiga sazovor bo'lish uchun harakat qildim. Endi oldinga qadam tashlashni xohlayman va yangi yo'l sari qadam tashlamoqchiman. Barchaga rahmat.

2018 yil "Al Ayn" klublar o'rtasidagi jahon chempionati mezboni sifatida ishtirok etdi va musobaqaning finaliga qadar etib bordi. Hatto yarim finalda Argentinaning "River Pleyt" klubini musobaqadan chiqarib yubordi. Hal qiluvchi bahsda esa arab jamoasi Madridning "Real" klubiga 1:4 hisobida taslim bo'ldi. Mezbon jamoa yulduzi gol urolmagan bo'lsa-da, jamoadoshiga standartdan uzatma amalga oshirib, assistent vazifasini bajardi. 


Garet Beyl turnirning "Oltin to'p"i bilan taqdirlangan bo'lsa, Kayo Lukas "Kumush to'p"ga loyiq ko'rildi.

Turnir davomida uni bir qator klublar skautlari kuzatib bordi. Jumladan, Portugaliyaning "Portu" va "Benfika" klublari bu ishga jiddiy kirishdi. Yakunda esa "qizillar"ning ovi baroridan keldi.

Abu-Dabi jamoasida 93 o'yinda 30ta gol urgan Kayo Portugaliyaning "Benfika" klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.

Bu Evropadagi ilk sayohatim sanaladi. Bu erga katta maqsadlar bilan keldim. "Benfika" bilan sovrinlar yutish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Biroq Lukas klubning Evropadagi sarguzashtlari esda qolarli bo'lmadi, u asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi, shu bois, 2020 yilning 23 yanvarida BAAning "SHarja" klubi Kayoni 18 oyga ijaraga oldi. Keyinchalik arablar braziliyalik o'yinchining transfer huquqini to'liq sotib oldi. Kayo Lukas "SHarja"da o'zbekistonlik taniqli yarim himoyachi Otabek SHukurovning jamoadoshiga aylandi.

O'tgan mavsum Kayo va "SHarja" uchun ancha muvaffaqiyatli kechdi, jamoa naq to'rtta sovrinni qo'lga kiritdi. Garchand klub mamlakat chempioni bo'la olmagan bo'lsa-da, BAA kubogi, superkubogi, liga kubogi va Prezident kubogida bosh sovringa ega chiqdi. Qizig'i, ushbu turnirlarning uchta hal qiluvchi bahsida "SHarja"ga Kayoning sobiq jamoasi "Al Ayn" ro'baro' keldi va barchasida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Menimcha, bu butun hayotimdagi eng yaxshi mavsum bo'ldi, deb ayta olaman. Har doim o'z qarorgohingizga to'rtta sovrin bilan qaytavermasiz, to'g'rimi? Maqsadimiz — ushbu titullarni hamisha himoya qilish. Albatta, tarix yaratgan sobiq jamoamga qarshi maydonga tushish qiyin, ammo bugungi kunda "SHarja" sharafini himoya qilyapman va shu jamoa manfaati uchun bor kuchimni ishga solaman.

Kayo Osiyo CHempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan "Nasaf"ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alaba taqdim etgan yagona gol muallifiga aylandi. Qarshida o'tgan bahsda esa tomonlar murosa ko'chasini tanladi. 

Lukas Qashqadaryo jamoasidan tashqari "Lokomotiv" ("Al Ayn" tarkibida, 2016 yil) va "Paxtakor" (2021 yil) klublari darvozasiga ham yo'l topishni uddalagan.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика