So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  19 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  24 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Yaponiya U-23 murabbiyi kechagi mag'lubiyatga yosh farqini aralashtirmaslikni so'radi Yangiliklar

Yaponiya U-23 murabbiyi kechagi mag'lubiyatga yosh farqini aralashtirmaslikni so'radi

Xitoyda davom etayotgan U-23 Osiyo chempionatida kecha chorak final bahslariga start berildi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya U-23 terma jamoasi bilan chorak finalda bahs olib borib, yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. SHunday qilib vakillarimiz yarim finalga yo'l olishdi, Yaponiya esa musobaqani tark etdi. 

O'yindan keyingi matbuot anjumanida yaponiyaliklar bosh murabbiyi Xajime Moriyasu bu mag'lubiyatga yosh farqining aloqasi yo'qligini aytdi:

- "Natija hammasini ko'rsatib turibdi. O'zbekiston jismoniy tomondan kuchli deb aytgandim. Ular bizga bosim qilganda, o'yinchilarimiz nima qilishni bilmay shoshib qoldi va ko'p bora to'p yo'qotdik".

- "Ha, biz musobaqaga 20 yoshli futbolchilar bilan kelganmiz. Asosiy maqsad, jamoani 2020 yil bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorlash. Lekin men mag'lubiyat sababini ikkala jamoa orasidagi yosh farqi bilan izohlamoqchi emasman. Va bu haqda boshqalar ham gapirishini xohlamayman".

- "Eng muhimi, biz musobaqadan kerakli saboq chiqarishimiz lozim. Vaqt o'tib bu jamoa shakllanib boradi. Yapon futbolchilarida mentalitet kuchli, ular bir mag'lubiyat bilan sinib qolishmaydi. Harakat qilishda davom etsak, hali o'samiz va to'rt yildan keyin yanayam kuchli bo'lamiz".

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика