So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  0 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Yaponiya U-23 haqida nimalar bilamiz? Yangiliklar

Yaponiya U-23 haqida nimalar bilamiz?

19 yanvar kuni O'zbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalda Yaponiya bilan o'ynaydi.

Biz raqibimiz haqida malumotlar taqdim etishga qaror qildik.

1. Yaponiya bu yilgi musobaqada U-23 emas U-21 terma jamoasi bilan qatnashmoqda.

2. Faqatgina Yaponiya safida bu musobaqada 1995 va 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar yo'q.

3. Yaponiya guruhdagi 3ta o'yinda jami 36ta zarba berdi, shundan 15tasi aniq chiqdi.

4. Yaponiyaning to'purari Ko Itakura hisoblanadi. U ikkita gol urgan.

5. Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Xajime Moriyasu 1992 yil terma jamoasi safida futbolchi sifatida Osiyo Kubogida g'olib bo'lgan.

6. Moriyasu 2013 yilda "Sanfrechche Xirosima" bosh murabbiyi sifatida OCHL guruh bosqichida "Bunyodkor"ga yutqazib qo'ygandi.

7. Yaponiya ushbu musobaqadagi uchta o'yinni ham Jiangyin shahrida o'tkazdi. O'zbekiston bilan chorak final ham aynan mana shu shaharda bo'lib o'tadi.

8. Yaponiya futbolchilari bu musobaqada faqat ikki marta ogohlantirish olishdi.

9. Yaponiya oldingi ikkita U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etgan. 2014 yilgi musobaqada "samuraylar" yakunda chempion bo'lgan Iroqqa chorak finalda yutqazishgandi. 2016 yilgi musobaqada esa Yaponiya barcha o'yinlarda g'olib bo'lib chempion bo'lgandi.

10. Yaponiya dekabr oyida Tailandda o'tgan M-150 musobaqasida finalda O'zbekistonga penaltilar seriyasida yutqazgandi.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика