Yaponiya o'ta, o'ta, o'ta yirik g'alabalarni davom ettiradi. Ketma-ket to'rtinchi o'yinda 5 golli farq bilan g'alaba
09 jan 2024 20:06
Yangiliklar
Yaponiya o'ta, o'ta, o'ta yirik g'alabalarni davom ettiradi. Ketma-ket to'rtinchi o'yinda 5 golli farq bilan g'alaba
Unda yaponlar 6:1 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish kerak, Yaponiya termasining g'alabali seriyasi 10ta o'yinga etdi.
Undan tashqari, Xajime Moriyasu shogirdlari so'nggi 4 bahsda (Myanma, Suriya, Tailand va Iordaniya) 5ta gol farqi bilan g'alaba qozondi.
Yaponiya - Iordaniya 6:1
Gollar: Ko Itakura (14), Takato Nakamura (19), Avtogol (32), Takumi Minamino (45), Takuma Asano (71), Daizen Maeda (79) - Solih Rateb (87).
Malumot uchun, Yaponiya termasi Osiyo Kubogida Vetnam, Iroq hamda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Ilk uchrashuv 14 yanvar kuni Vetnamga qarshi bo'ladi.
Iordaniya esa Malayziya, Janubiy Koreya hamda Bahrayn bilan bir guruhdan o'rin olgan. Iordaniyaliklarning dastlabki bahsi 15 yanvar oqshomida Malayziyaga qarshi o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar