Xushxabar! Otabek SHukurov va Umar Eshmurodov Qatarga qarshi o'ynay oladi
01 fev 2024 15:36
Yangiliklar
Xushxabar! Otabek SHukurov va Umar Eshmurodov Qatarga qarshi o'ynay oladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi 1/4 final o'yiniga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Otabek SHukurov hamda Umar Eshmurodov respirator kasallik natijasida biroz betobligi sabab so'nggi mashg'ulotda ishtirok eta olmadi. SHifokorlar ikkala futbolchimiz bo'lajak o'yinga qadar tuzalib, safga qaytishini malum qilmoqda.
Afsuski, SHerzod Nasrullaevning jarohatdan to'liq tiklanishi qiyin kechmoqda va u turnirda ishtirokini davom ettira olmaydi. Tibbiy shtab, murabbiylar, klubdagi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Nasrullaevning muolajalarni O'zbekistonda davom ettirishiga ruxsat berildi.
Jamoamizning barcha azolariga salomatlik tilaymiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar