Xotini rozi emas. Futbolchilarning faoliyatiga tasir ko'rsatgan ayollar
29 iyu 2019 13:56
Yangiliklar
Xotini rozi emas. Futbolchilarning faoliyatiga tasir ko'rsatgan ayollar
Futbol olamida ham shundaymi?
"Sassuolo" hujumchisi Kevin-Prins Boateng "Ayntraxt"ga o'tishi mumkin. Ammo bu transfer taqdiri futbolchining xotiniga bog'liq, u oila Frankfurtga ko'chib o'tishga tayyor deb hisoblasa, kelishuv amalga oshadi.
To'g'ri, juda g'alati eshitiladi. Ammo futbolchilik faoliyatini xotiniga ishonadiganlar bitta emas ekan. Futbolchilarning ayollari turmush o'rtog'ining karerasiga tasir ko'rsatgan vaziyatlarni esga olamiz.
Mark-Andre ter SHtegen va Daniela Yele
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen "Manchester Siti" bilan muzokaralar o'tkazganini tan olgan. Nemis posboni o'yin amaliyoti kamligidan Kataloniya klubini tark etmoqchi edi, biroq uning xotinini Manchesterdagi universitetga qabul qilishmagani va hujjatlar bilan muammo chiqqani tufayli transfer amalga oshmadi. Keyin "Siti" ter SHtegen raqobatchisi Klaudio Bravoni xarid qilgan.
Andre SHyurrle va Anna SHaripova
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Andre SHyurrle Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Futbolchi bunga qarshi emas, chunki uning xotini qozog'istonlik. SHyurrlening xotini model bo'lishiga qaramasdan arxitektor diplomiga ega. Futbolchi yaqin kunlar ichida Moskvaga uchib ketishi mumkin.
Mauro Ikardi va Vanda Nara
Vanda Nara 2015 yildan beri turmush o'rtog'ining faoliyatini boshqaradi. Futbol jamoatchiligi va xatto Ikardining singlisi Vandani yomon ko'rishadi. "Real" bir shart bilan Mauro bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqchi edi: Transfer kelishuvida Vanda Nara ishtirok etmasligi va boshqa agent bu ishlarga jalb qilinishi kerak. "Vanda faoliyatimning oxirigacha mening agentim bo'ladi. Biz birgalikda erishgan natijalardan faxrlanaman" - degandi Mauro Ikardi.
Andrey SHevchenko va Kristen Pazik
2006 yilda SHevchenkoning "Milan"ni tark etib, "CHelsi"ga o'tishi hammani shokka tushirgan. Bunga futbolchining xotini Londonda yashashni va bolalari ingliz tiliga moslashgan muhitda ulg'ayishi istagani sabab sifatida ko'rsatilgan. Bolalar inglizchani o'rganishgandir, ammo SHevchenko Angliyada o'ynab keta olmadi.
Zinedin va Veronika Zidan
SHevchenkoning xotinidan farqli o'laroq, Zidanning ayoli Veronika turmush o'rtog'ining faoliyatiga ijobiy tasir ko'rsatgan. 2001 yilda futbolchi "Yuventus"da qolishi mumkin edi, ammo ayoli iltimosiga ko'ra "Real"ga o'tadi. Asli kelib chiqishi ispaniyalik bo'lgan Veronika vataniga qaytishni istagandi. Zidan Ispaniyada juda yaxshi o'yin namoyish etdi va 2002 yilda "Real" bilan CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Ular hozirgacha Madridda istiqomat qilishmoqda.
Esekel Garay va Tamaro Gorro
Aytishlaricha, Garayning "Zenit"dan ketishiga futbolchi buvisining ruxi sabab bo'lgan ekan. Ha, to'g'ri o'qidingiz. Sankt-Peterburgda olingan oilaviy suratlardan birida qandaydir rux ko'ringan, keyinroq futbolchining xotini bu Garay buvisining ruxi ekanligini aytgan. Tamara aynan shu sabab tufayli Rossiyani tark etib, Valensiyaga qaytishni so'ragan.
Roman va Larisa Pavlyuchenko
"O'zim qaror qabul qilgan paytlar ham bo'lgan, ammo asosan xotinim bilan maslahatlashaman. Asosiysi u to'g'ri maslahat beradi! Men o'ylamasdan rozi bo'lib yuborishim mumkin. U esa hammasini taroziga qo'yib, to'g'ri baho beradi" - degandi Pavlyuchenko. Futbolchining "Tottenxem"ga o'tishiga xotini sababchi bo'lgan ekan. Aynan u erini London klubiga o'tishga ko'ndirgan, Larisaga esa Karpin maslahat bergan.
Fikrlar