"Metallurg" klubi yana bir masalani ijobiy hal qildi
06 mar 20:28
Yangiliklar
"Metallurg" klubi yana bir masalani ijobiy hal qildi
Chernogoriyalik futbolchi moliyaviy muammolar sababli OFKga arz qilgan edi. Qayta tashkil qilingan "Metallurg" PFK rahbariyati mazkur masalani sinchkovlik bilan o'rganib chiqishdi hamda hal qilishni uddalashdi.
Natijada, endi "Metallurg" klubining licenziyalash bilan bog'liq hech qanday cheklov yoki muammolari mavjud emas. Bu borada 5 mart sanasida O'zbekiston Professional futbol ligasiga OFKdan xat yuborilgan.
O'z navbatida, futbolchining agenti Nikola Tadich o'yinchi va "Metallurg" klubi o'rtasidagi barcha muammolar bartaraf etilgani to'g'risida xat yubordi.
Shuningdek, agent mazkur vaziyat hal etilishida jonbozlik ko'rsatgan "Metallurg" PFK bosh direktori Ulug'bek Mirzaevdan minnatdor ekanligini takidlab o'tdi. Nikola tajribali mutaxassis to'liqligicha aloqani saqlab turgani, professional tarzda masalalarni hal etishda amaliy yordam ko'rsatganiga urg'u berib o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar