Xose Venansio Lopes: "Mart oyiga qadar jamoa sifatida shakllanib ulguramiz"
20 dek 2023 20:01
Yangiliklar
Xose Venansio Lopes: "Mart oyiga qadar jamoa sifatida shakllanib ulguramiz"
Marokashga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes o'z fikrlarini bildirdi.
— O'yin haqida...
— Ikkinchi o'yinda shogirdlarimdan judayam xursand bo'ldim. Aynan bugungi uchrashuvda yigitlar liderlik xislatlarini namoyon etishdi, chunki psixologik jihatdan ham, bellashuvga bo'lgan munosabat jihatdan ham raqibdan ustun edik.
— Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida to'rtta o'yinda ishladingiz. Sizning ko'rsatmalaringiz yigitlar tomonidan amalga oshirilayotgani sezilyaptimi?
— Eng muhimi, bosqichma-bosqich rivojlanib boryapmiz. Mart oyiga qadar jamoa sifatida shakllanib ulguramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar