So’nggi yangiliklar

17:48Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" (матнли трансляция)  8 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  3 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  3 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  4 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  2 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  12 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  3 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10 13:24Амир Тўрақулов: "Ишонч, умид, муҳаббат" ибораси жамоамиз шиорига айланган"  0 12:55"Реал" афсонавий дарвозабон вафот этганини эълон қилди  0 12:28"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2

Xose Mariya Mendez: "Mundial yo'llanmasi uchun 3ta davogar aniq" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Mundial yo'llanmasi uchun 3ta davogar aniq"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik Xose Mariya Mendez Toshkentdagi Osiyo chempionatidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Janob Mendez, Qatarga qarshi o'yinlar haqida nima deya olasiz?
- Dekabr oyi boshida Qatarga qarshi ikkita o'yin o'tkazib qaytdik. Dastlabki uchrashuvda mezbonlar 5:4 hisobida g'olib bo'lishdi. Ikkinchi bahsda jamoamiz 3:2 hisobida zafar quchdi. Oldin bu jamoa futzalda u qadar kuchli emas edi. Hozir Qatar safida uch nafar braziliyalik va bir nafar misrlik futzalchi o'ynamoqda. SHu bois ham bu jamoa Jahon chempionati yo'llanmasi uchun davogarlar orasiga qo'shildi deb bemalol ayta olaman. Ular fevral oyidagi qita chempionatida syurpriz qilishi mumkin.

- Osiyo chempionatida jamoalar Kolumbiyadagi mundialga 5ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi. Sizningcha bu borada favoritlar qaysi jamoalar?

- Tan olish kerak Osiyoda eng kuchli uchta jamoa bor: Eron, Yaponiya va Tailand. Eron va Yaponiya nafaqat qitamizda, balki jahonda ham o'z o'rniga ega jamoalardir. Mana shu termalar mundialga beriladigan 3ta yo'llanmaga eng asosiy davogar hisoblanishadi. Qolgan ikki yo'llanma uchun O'zbekiston, Livan, Vetnam, Avstraliya, Qatar va Xitoy kurash olib boradi. Tabiiyki biz o'z muxlislarimiz qarshisida ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqish uchun o'ynaymiz, - deydi Mendez.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi fevral oyida Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Unda Xose Mariya Mendez shogirdlari "A" guruhida Livan, Qirg'iziston va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib boradi.


Jasur Aslanov yozib oldi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика