So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  2 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

Xorazmlik futbol faxriysi Vali Sultonov 49 yoshda! Yangiliklar

Xorazmlik futbol faxriysi Vali Sultonov 49 yoshda!

Teglar :  Vali SultonovXorazm
Urganchlik Vali Sultonovni nafaqat Xorazm viloyati, umuman, mamlakatimizning millionlar o'yini ixlosmandlari ham futbolchi, ham trener sifatida yaxshi bilishadi.

Binobarin, u futbolchilik davrida “Jayhun”, “Quruvchi”(Urganch, 1989-91 yillar), “So'g'diyona”(Jizzax, 1992), “Sitora”(Buxoro, 1993), “Turon”(Doshhovuz, Turkmaniston, 1994), “Dinamo”, “Xorazm”, “Jayhun”, “Xorazm-2003”(Urganch, 1994-98, 2000-2004 yillar), “Xiva”(Xiva, 1999) jamoalari sharafini munosib himoya qilgan. Xususan, 1992 yili jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi safida O'zbekiston milliy chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.

Aytish joizki, V.Sultonov ko'p yillik trenerlik faoliyati mobaynida faqat Xorazm viloyati jamoalarida faoliyat yuritdi. Jumladan, qator yillar oliy ligada qatnashgan “Xorazm”(Urganch), birinchi ligada ishtirok etgan “Hazorasp”(Hazorasp) jamoalarini boshqardi. Uning ustozligida “Xorazm” jamoasi esa 2010 yili O'zbekiston professional futbol ligasi kubogi egasiga aylandi. Xorazm viloyati terma jamoasi maktab o'quvchilarining “Umid nihollari-2003” respublika sport musobaqasining futbol turnirida birinchi o'rinni egalladi.

Qolaversa, u vohaning ko'plab futbolchilarini voyaga etkazishda kamarbasta bo'ldi. Hozir ham ularga o'zining foydali maslahat va tavsiyalarini berishni kanda qilmaydi. Etiborlisi, futbolimiz fidoyisi hanuzgacha futbol maydonini tark etmagan, “Xorazm” faxriylar jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

Kezi kelganda takidlab o'tish joizki, Vali Farhodovich yosh “charm to'p” o'yini ustalarini ham etuklik sari etaklayapti. Uning ustozligida SO'EAIBO'SMning “Yoshlik” jamoasi futbolchilari 2016 yilgi Xorazm viloyati birinchiligi(2-liga) g'olibligini qo'lga kiritdi, 2017 yili viloyat hokimi kubogi sohibiga aylandi. Aynan, shu yili Urganch shahrida havaskor jamoalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bag'ishlab uyushtirilgan viloyat ochiq turnirida zafar quchdi. Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin, albatta.


Bugungi kunda V. Sultonov Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida metodist vazifasida samarali mehnat qilmoqda. Buning barobarida, xorazmlik o'g'il-qizlarni manan va jismonan sog'lom ruhda kamol topishiga o'z ulushini qo'shayotir.

O'z navbatida bu insonning sidqidildan mehnatlari beetibor qolmayapti. U bir necha bor viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyati tomonidan faxriy yorliklar bilan taqdirlangan.

Bugun, 11 aprel kuni Xorazm vohasi futboli tarixida munosib iz qoldirgan Vali Sultonov o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. SHu munosabat bilan unga sihat-salomatlik, oilaviy faravonlik, sportimiz, xususan, futbolimiz ravnaqi yo'lidagi ezgu ishlariga rivoj tilaymiz.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика