So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  17 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

Xorazmda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi boshlandi Yangiliklar

Xorazmda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi boshlandi

Kecha Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi markaziy o'yingohda 2002 yilda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari orasida mamlakat birinchiligi boshlandi. Mazkur musobaqaning ochilish marosimi bayramona tarzda nishonlandi.
Tantanada viloyat va Yangibozor tumani hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federaciyasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O'z navbatida Yangibozor tumani hokimi o'rinbosari Saidnazar Saidjonov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining viloyat bo'yicha vakili Komiljon Jumaniyozov, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i SHokirjon Madaminovlar hukumatimiz tomonidan bolalar futbolini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy samaralar berayotgani haqida so'z yuritishib, musobaqada kuch sinashayotgan yosh futbolchilarga omadlar tilashdi.



Bevosita musobaqa xususida to'xtalsak, joriy yilgi birinchilikda o'n jamoa ishtirok etmoqda. Ayni damda ular uch guruhga taqsimlanishgan:

“A” guruhi – Farg'ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari.
“V” guruhi–Qoraqalpog'iston respublikasi, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlari.
“S” guruhi – Andijon, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari.
Birinchilikning dastlabki to'rt uchrashuvida quyidagi natijalar qayd qilindi: Xorazm – Sirdaryo – 2:0, Namangan – Qoraqalpog'iston – 4:0, Buxoro – Navoiy– 0:4, Toshkent viloyati – Samarqand – 2:0.


Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика