So’nggi yangiliklar

21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  5 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  1 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  10 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  0 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  3 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  15 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  35 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  16 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  4 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0

“Xorazm” tayyorgarlikni qachondan boshlaydi? Yangiliklar

“Xorazm” tayyorgarlikni qachondan boshlaydi?

Teglar :  Xorazm
Pro-liganing doimiy ishtirokchisiga aylanib borayotgan Urganchning “Xorazm” jamoasi bu yil ham chempionatda qatnashadimi?

Saytimiz orqali “Surxon”dagi mavhumlik haqida xabar berib o'tganimizdan so'ng, biz bilan “Xorazm” jamoasi azolari aloqaga chiqdi. Ismini sir saqlashni lozim topgan futbolchining aytishicha, “Xorazm”ning yaqin orada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishidan darak yo'q. Klub mutasaddilari aftidan bu yil ham chempionat boshlanishiga oz muddat qolganida, zudlik bilan jamoa shakllantiradigan ko'rinadi. Yana o'tgan yilgi xolat.

Bosh murabbiy Aleksandr Ejov bilan bog'langanimizda, quyidagilarni takidlab o'tdi.

- Haqiqatdan ham jamoa hozircha yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagani yo'q. Rahbariyat bilan gaplashib turibmiz. Ular bu yil hammasi yaxshi bo'lishini aytmoqda. Ammo qachondan hozirlik ko'ramiz degan savol hamon jumboq bo'lib turibdi. Bilsangiz kerak, hozirgi kunda Pro-liganing ko'plab jamoalari o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlab yuborgan. Biz esa yana kech qolyapmiz. Yodingizda bo'lsa, o'tkan yili jamoani qabul qilib olgan paytimda, haminqadar vaziyatdan kelib chiqib, tarkibni shakllantirishga erishgandik. Joriy mavsum ham yana shu xolat takrorlanadigan ko'rinadi. Futbolchilarimizga berilgan tatil juda cho'zilib ketdi. Tezroq ularni yig'ib, chempionatga tayyorlashimiz kerak. Uzoq muddatlik dam olishdan so'ng, sportchining formasini tiklab olishiga ham kamida yana ikki hafta vaqt kerak bo'ladi.

- O'tgan yili qo'l ostimda o'ynagan futbolchilar kun-ora qo'ng'iroq qilib, qachondan yig'inni boshlashimizni so'ramoqda. Ayrim yigitlarimiz o'zlarini boshqa klublarda sinab ko'rish istagida yuribdi. Xususan iqtidorli futbolchimiz Rafik Karimov ayni damda “Paxtakor” yoshlar jamoasi tarkibida shug'ullanmoqda. Abdumalik Toshpo'latovga Super liga debyutanti “Cementchi” taklif bilan chiqqan. SHuningdek Ulug'bek Xudoyberdiev ham joriy mavsum boshqa klubda o'ynash niyatida.

- Ochig'ini aytganda, “Xorazm”dan ko'plab iqtidorli yoshlar etishib chiqqan. Ro'zimboy Ahmedov, Abror Xusinov, Murod Bobojonov singari futbolchilar bugungi kunda Super liga klublarida o'ynamoqda. Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Alamlisi mana shunday iqtidorlar ishtirokida viloyatda kurashchan jamoani tashkil eta olmayotganimiz bo'lmoqda. Mutasaddilar tomonidan futbolga etibor juda ham susayib ketgan. Agarda jamoaga bo'lgan etibor yuqori bo'lsa, ishonamanki “Xorazm” yaqin orada super ligaga qaytadi.

- Rostini aytsam, jamoaning o'z qarorgohi yo'q. O'tgan yili futbolchilar mashg'ulotlarga uyidan kelib qatnashdi. Yaqinda klub rahbari bilan suhbatlashganimizda, bu yil qarorgoh bo'lishin aytgan. Agarda klub o'z bazasiga ega bo'lganida, hozir futbolchilarni yig'ib, bir mahaldan bo'lsa ham mashg'ulot o'tkazib turardik.

- 25 yanvar kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston futbol federaciyasining katta yig'ilishiga “Xorazm” klubi raisi ham kelishni rejalashtirgan. SHu asnoda u kishi bilan ko'rishib, yana bir bor kelgusi rejalar borasida suhbatlashamiz. Menimcha ko'p narsaga shundan so'ng oydinlik kiritiladi.

- “Xorazm”dagi kelajagim haqida hozir sizga tayinli gap ayta olmayman. Boshqa klublardan chorlov bo'lmadi. O'zim Toshkentda istiqomat qilaman. Lekin bilasiz, Urganchda tug'ilib, o'sganman. SHuning uchun “Xorazm”ning avvalgi qaddini tiklash uchun bor kuchim bilan ishlashga doim tayyorman.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика