"Xorazm" "Bunyodkor" bilan o'yinda tarixiy natija qayd etdi
19 apr 08:20
Yangiliklar
"Xorazm" "Bunyodkor" bilan o'yinda tarixiy natija qayd etdi
Uzoq vaqtdan so'ng Superligada harakat qilayotgan "Xorazm" kecha navbatdagi ochkosini qo'lga kiritdi.
Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi kechgan o'yinda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etildi. Bu jamoalarning Superligadagi 15 yillik tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvi edi. Ikki klub bu o'yinga qadar chempionat doirasida 4 bor kuch sinashishgan bo'lib, bu o'yinlarda to'liq ustunlik "Bunyodkor" tomonida edi, 4 ta g'alaba. "Qaldirg'ochlar" raqib darvozasiga 12 ta gol urgan va 3 ta o'tkazgandi. Kecha "Xorazm" tarixda ilk bor "Bunyodkor"dan ochko olishga muvaffaq bo'ldi. Poytaxt klubi esa birinchi martta raqibi darvozasiga yo'l topa olmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar