So’nggi yangiliklar

00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  1 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  0 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  5 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  27 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  30 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  74 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0

“Xorazm” - "Alanga" 4:0. To'liq sharh Yangiliklar

“Xorazm” - "Alanga" 4:0. To'liq sharh

Birinchi liga 10-turi doirasida "G'arb" mintaqasida "Xorazm" jamoasi "Alanga"ni qabul qildi.
SHu kuni mehmonlar o'zlarining mag'lubiyatli seriyasiga nuqta qo'yishni va peshqadamdan bir ochko bo'lsada olish ishtiyoqida maydonga tushishdi. Buni ularning harakatlaridan ilg'ash mushkul emas edi. Biroq, tajriba bu gal ham o'z so'zini aytdi.

Umuman olganda, Yangibozor tumani o'yingohiga yig'ilgan ko'p sonli muxlislar qiziqarli o'yin guvohiga aylanishdi. To'g'ri, urganchlik futbolchilarning o'yini birinchi bo'limda unchalik ham qovushmadi. SHunga qaramay, maydon egalari ko'plab hujum uyushtirishdi. Natijada, bir martagina “Alanga” jamoasi darvozasini aniq nishonga olishdi 11-daqiqada Mirza Quryozov jamoadoshini darvozabon bilan yakkama-yakka chiqishiga imkon yaratib berdi. O'z navbatida Temur Bekchanov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi, 1:0. SHundan keyin  ikkala jamoada ham to'p kiritish uchun qulay vaziyatlar sodir bo'ldi. Ayniqsa, kosonlik Zeverqul Xudoyqulov va urganchlik Jasur Otajonovlarning zarbalari juda xavfli tus oldi.

Mubolag'a emas, ikkinchi bo'lim asosan “Xorazm”liklar ustunligida o'tdi. Bo'limning 46 va 48 – daqiqalari mezbonlar uchun omadli keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Nizomjon Norov ikkita to'p kiritib, hisobni yirik ko'rinishga kirishini taminladi. Bu mezbonlarni yanada ruhlantirib yuborli. Ular mehmonlar darvozasi tomon son-sanoqsiz zarbalar uyushtirishdi. To'plarning ayrimlari noaniq ketgan bo'lsa, bazilarini darvozabon qaytarishni uddaladi. O'yin yakuniga bir necha daqiqa qolganida jamoaning yosh iqtidorli hujumchilaridan biri Mirza Quryozov “Alanga” jamoasi jarima maydonchasi ichiga chiroyli tarzda yorib kirib to'rtinchi gol muallifiga aylandi.  SHu tariqa, Mirza joriy mavsumda kiritgan to'plari sonini 4 taga, Nizomjon esa 3 taga etkazishdi.
Asosiysi, “Xorazm” jamoasi o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo'yish barobariga bu yilgi birinchilikdagi ilk yirik g'alabasini tantana qildi.

“G'arb” mintaqasi. 10- tur. 24 may (yakshanba)
“Xorazm” (Urganch) – “Alanga” (Koson) – 4:0 (1:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 2180 tomoshabin.
Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus) – 7,5, F. Dostonov (Jizzax) - 8,4,, M. Turdiev (Jizzax) – 8,4, X. Atamuratov (Xiva) - 8.
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).
Gol: T. Bekchanov(12), N. Norov(46,49), M. Quryozov(87).

“Xorazm”: G'ayrat O'daev(Ravshan Jumaniyozov, 50), Marat Qudratov, Jasur Otajonov, Xushnud Quryozov, Marks Quronboev(SHohruh Iskandarov, 67), Rinat Bayramov(Jamoliddin Masharipov,59), Temur Bekchanov(Siroj Ro'zmetov, 73), Sarvar Jumaniyozov, Mirzo Quryozov,  Javlon Egamov, Ilyos Xayrov(Nizomjon Norov, 30).
“Alanga”: Ibrohimjon Boboqulov(Sardor SHarofov,75), Muhriddin Rizvanov(Ixtiyor Ahmadjonov, 77), Olimjon Allanov(Abbos Baxshillaev, 65), Amirjon Temirov, Jonimbek Qoraev, Zeverqul Xudoyqulov(SHerzod Asliev, 80), Maruf Toshev, Jonibek Mirzaqulov(Jahongir O'tkirov,69), Bakir Murtozaev, Jahongir Jabborov, SHerzod Nasrullaev.

Ogohlantirishlar: I. Xayrov (27), J. Egamov (60)  - O. Allanov (59).

Ikrom  XUDOYBERGANOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика