So’nggi yangiliklar

02:30Евро-2024. Нидерландия – Франция 0:0, Нидерландиянинг голи хисобга олинмади  0 02:00Евро-2024. Гол киритилмаган, аммо қизиқарли кечган баҳсда Франция ва Нидерландия дуранг қайд этишди  18 01:20Ўзбекистон Олимпия терма жамоаси Париж-2024 иштирокчиси билан ўртоқлик ўйини ўтказади  4 00:51Месси Копа Америка ҳақида: "Бу мен учун охиргиси"  5 00:30Миржалол Қосимов: "Натижаларимиз сал яхшиланса, барча мақташни бошлайди. Чемпионлик ҳақидаги гап-сўзларга нормал қарайман"  6 00:20Евро-2024. Польша – Австрия 1:3  0 00:14Максим Шацких: "Футболчиларнинг етишмовчилиги сабаб Асқаровни чап қанотда ўйнатдик. Алижонов ва Абдуманнопов ҳали майдонга тушишга тайёр эмас"  7 00:00Евро-2024. Словакия – Украина 1:2, Шацкихнинг "куёви" гол урди  6 23:43Тимур Кападзе: "Совғадан фойдалана олмадик"  2 23:22Илёс Зейтуллаев: "Агар, худо биз билан бирга бўлса, ким қаршилик қилиши мумкин?"  7 22:55Суперлига. "Бунёдкор" - "Олимпик" (1:1). Highlights  1 22:52Австрия Польшага ҳеч қандай имконият қолдирмади ва турнирдаги илк ғалабасини қўлга киритди  11 22:31Суперлига. ОКМК – "Пахтакор" (4:2). Highlights  14 22:12Миржалол Қосимов ОКМК бош мураббийи сифатида тарихда илк марта "Пахтакор"ни мағлуб қилди  20 22:05Суперлига. "Олимпик" 60 дақиқа 9 киши ўйнаган "Бунёдкор"ни юта олмади  8

"Xolmatovning orzusi ulkan nur ila qaynoq". Diyor Xolmatov U-23 Osiyo kubogi oldidan FIFAga intervyu berdi Yangiliklar

"Xolmatovning orzusi ulkan nur ila qaynoq". Diyor Xolmatov U-23 Osiyo kubogi oldidan FIFAga intervyu berdi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov FIFAga U-23 Osiyo kubogi oldidan FIFAga intervyu berdi.

Quyida intervyuning o'zbek tilidagi talqinini taqdim etamiz.

"O'zbekiston terma jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi FIFA bilan suhbatda oiladagi rishtalar, katta o'yinchilardan o'rganishi va olimpiadadagi maqsadlari haqida gapirdi.



— O'zbekiston olimpiyadada ilk bor qatnashishga chog'langan

— 21 yoshli Xolmatov — o'zbek futbolining o'sib kelayotgan yulduzi

— SHu oyda 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo kubogidagi eng yaxshi uch o'rin Parij-2024ga yo'llanmani kafolatlaydi


Diyor Xolmatov 2002 yilda tug'ilgan payti Oksana CHusovitina allaqachon olimpiadaning oltin medali, bir necha jahon chempioni titullari va ko'plab boshqa sovrinlarni qo'lga kiritgandi.

Uch oydan so'ng o'zbek futbolining yosh va yorqin umidi Xolmatov va 48 yoshli afsonaviy gimnastikachi CHusovitina Parijdagi Olimpiya shaharchasida birga suhbat qurishlari mumkin.

CHusovitina ayollar o'rtasidagi har qanday sport turida eng ko'p ishtirok etishdek sharaf uchun to'qqizinchi olimpiadaga yo'l olishga harakat qilayotgan bir paytda Xolmatov faoliyatining boshida turibdi. 21 yoshli futbolchi ushbu oyda bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rar ekan FIFAga Parij-2024dagi olimpiya sahnasida o'zbek afsonasi bilan birga bo'lish uning uchun sharaf bo'lishini aytdi.

"Olimpiadada O'zbekistondan sportchilarni ko'rish va ular bilan Parijdagi ishtirok hissiyotlarini bo'lishish juda qiziqarli bo'lardi. O'zbekistonda ko'plab musobaqalarda medallar uchun kurashadigan ko'plab ajoyib sportchilar bor, ammo Oksana CHusovitina o'zgacha. U nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham sport gimnastikasi afsonasi hisoblanadi. U ilk bor 1992 yilgi o'yinlarda qatnashgan va bo'lajak Olimpiada uning uchun to'qqizinchisi bo'ladi! Uning professionalizmi, chidamliligi va sportdagi uzoq faoliyati boshqalarga namunadir".



Xolmatov shuningek ilhomni uyiga yaqinroq joydan, aniqrog'i professional futbolchi bo'lgan otasi Akmaldan olishi mumkin. Ikkisi ham O'zbekistonning 16 karra chempioni bo'lmish "Paxtakor"ning "ko'k-sariq" libosini kiyishgan, shu sabab ota va o'g'il o'rtasidagi aloqalar juda chuqur.

"Men "Paxtakor" tarbiyalanuvchisiman, futboldagi yo'lim o'sha erdan boshlangan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Boshqa ko'plab o'yinchilar kabi Lionel Messiga havas qilaman, otam esa men uchun asosiy namuna bo'lib qolmoqda. U ham "Paxtakor"da o'ynagan va men kabi 8-raqamda to'p tepgan. Biz hattoki bir xil poziciyada o'ynaymiz!"

O'zbekiston yoshlar miqyosida so'nggi yillarda kuchayib bormoqda, ular o'tgan yili FIFA U-17 Jahon chempionati 1/4 va oldinroq bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatida 1/8 finalga qadar etib borishdi. Ammo, hozircha olimpiadaga erishilmadi va Xolmatov etti muvaffaqiyatsiz saralashdan so'ng ushbu rekordni o'rnatishga chog'langan.

"O'zbekistonning olimpiyada o'yinlaridagi debyuti barchamiz uchun juda muhim", — deydi u. "Biz ushbu orzuni amalga oshirish uchun bor kuchimizni ishga solishga qaror qilganmiz. O'zbekistonda futbolni sevishadi va milliy jamoani juda ham emocional tarzda qo'llab-quvvatlashadi, bizning saralashdan yo'l olishimiz esa shubhasiz barcha uchun katta g'urur va baxtga sabab bo'ladi".

Xolmatov o'zbek iqtidorlarining oltin avlodidagi eng muhim qism bo'lishi mumkin. "Oltilik" va "o'nlik"da o'ynay oladigan markaziy yarim himoyachi "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullaev va Jasurbek Jaloliddinovi bor yulduzli guruhga kiradi. Xolmatovning so'zlariga ko'ra, U-23 Osiyo kubogiga boradigan tarkibning ayrim nuqtalari noaniq bo'lsa ham ular global sport anjumanida uzoq vaqtdan beri orzu qilingan joyga yo'llanma olishdek vazifani bajarishga tayyorlar.



"Olimpiadaga yo'l olish bebaho tajriba va o'zini oliy darajada ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi. Haligacha Tokiodagi o'yinlarda Ispaniya va Braziliya o'rtasidagi finalda braziliyaliklar qo'shimcha daqiqalarda 2:1 hisobida g'alaba qozonishgani, ayniqsa Malkomning zaxiradan o'yinga qo'shilishi va g'alaba golini urganini eslayman".

Olimpiya o'yinlariga yo'l olish uchun 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etishimiz kerak va bunga to'liq tayyormiz. Bunga to'rt yildan beri tayyorgarlik ko'ryapmiz va o'z imkoniyatlarimizni maksimal darajada ko'rsatishga tayyormiz. Raqiblarimiz ham turnirga tayyorgarlik ko'rishganini tushunamiz, ammo o'z kuchimizga ishonamiz va har qanday jamoaga qarshi o'ynashga tayyormiz".

Xolmatov Maksim SHackix va Timur Kapadzedek o'zbek afsonalari qo'l ostida klublar va milliy darajada ishlash imkoniyatiga ega bo'lgan holda omadi kelganini biladi. Kapadze bilan esa U-23 turnirida olimpiada teatriga yo'l olish vazifasiga qo'yilgan.

"Meni yoshligimdan ajoyib murabbiylar shug'ullantirgan. "Paxtakor" asosiy tarkibiga tushib SHota Arveladze va Maksim SHackix bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lganman. Ular o'z mamlakatlari va avlodlarida zo'r o'yinchilar bo'lishgan va murabbiy bo'lganlaridan so'ng o'zlarining bebaho tajribalarini o'yinchilarga ulashishmoqda.

"Hozirda U-23 jamoamizda Timur Kapadzedek murabbiyni ko'rish har qanday futbolchining orzusidir. U yosh iqtidorlar bilan ishlay oladigan va imkoniyati bor o'yinchilarni ochadigan ajoyib mutaxassis. Kapadze mening poziciyamda o'ynagan, shu sabab menga ko'plab muhim maslahatlarni beradi".

Tobora tanilib borayotgan bir paytda Evropaning etakchi klublari tomonidan kuzatilayotgan Xolmatov misolida nega O'zbekistonda buncha ko'p texnik jihatdan iqtidorli o'yinchilar etishayotganini tushunish mumkin.

"O'zbekiston bunga qadar ham hozir ham iqtidorli futbolchilarni etishtirmoqda. Yosh o'yinchilarning muvaffaqiyati tinimsiz mehnat, o'z mahoratini oshirishga bo'lgan urinish va qo'yilgan maqsalarga etish natijasidir. Murabbiylarimiz doim bu borada o'yinchilarga yordam berishga tayyorlar", — deydi u.



"Bolaligimga kelsak, juda ko'p futbol o'ynaganman — bu "Paxtakor" akademiyasida va bo'sh vaqtimda ko'chada do'stlar bilan bo'lgan. Otamning o'yinini kuzatish yuqori darajadagi maqsadlarga bo'lgan yo'limda sezilarli tasir etgan".

"Men yosh futbolchi imkon qadar to'p bilan ishlash, jismoniy taraflama rivojlanish, taktikani o'rganish va futboldagi idrokni rivojlantirish juda muhimligiga qatiy tarzda ishonaman".

Reyting: +15   

Fikrlar

   
14 may 09:40:11
Sayidjon Sobirov
Assalomu alaykum
   
03 may 21:09:39
Farxad Kamilov
2 таймга Хайрулло акани чақириннглар.... Мирзахаким кетуврсин
   
03 may 21:08:33
Farxad Kamilov
Жонга тегди мирзахаким.... Савиясиз коментаторррр
   
17 apr 09:27:39
Davronbek Abduvaliev
Бу яхши ниятларинга эришшинга яқин қолди, ИНШАОЛЛОХ.
   
17 apr 09:27:31
Davronbek Abduvaliev
Бу яхши ниятларинга эришшинга яқин қолди, ИНШАОЛЛОХ.
   
17 apr 09:27:05
Davronbek Abduvaliev
Бу яхши ниятларинга эришшинга яқин қолди, ИНШАОЛЛОХ.
   
17 apr 03:46:54
sharipov odil
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Олимпиада барселонада 1992 йилда булган у пайтда ссср булмагпн
Мен олимпиада демадим, жахон чемпионатини назарда тутдим. СССР учун медаль олган деган гапга жавоб Эди бу. Езишмани бошидан кўриб чиқинг.
   
16 apr 23:38:52
AZIZ 707
safo78 foydalanuvchining fikriga javob berish
Отангни тилга олганингда Нефтчи билан боглашинг керак эди.
keyingi safar sizdan soridi endi nima gap gapirishini
   
16 apr 23:14:40
Odilbek77
Bu mavzuga Chusovitinani nima aloqasi bor. Maqolani juda uzoqdan olib kelipti yozgan odam.
   
16 apr 22:51:52
Bill Junior
Diyor yaqin yillarda liderga aylana oladigan potensial darajaga ega
   
16 apr 22:48:58
Азим Исмаилов
sharipov odil foydalanuvchining fikriga javob berish
1991 йилда айнан СССР. Википедия
Олимпиада барселонада 1992 йилда булган у пайтда ссср булмагпн
   
16 apr 22:37:50
RADIKALIST
Parij olimpiadasiga yo'llanma olishimiz uchun 6 sabab:
1. Bizda turnirdagi eng qimmat futbolchi bor;
2. Biz turnirdagi eng qimmat tarkibga egamiz;
3. Taqvim biz uchun juda qulay;
4. Biz ikki yil oldin aynan ushbu tarkib bn finalda o'ynaganmiz;
5. Bu yil Osiyoga 3 ta emas, 3, 5 ta kvota berilgan;
6. Biz uchun hozirgi avlod "oltin avlod" hisoblanadi.
   
16 apr 22:32:43
safo78
Отангни тилга олганингда Нефтчи билан боглашинг керак эди.
   
16 apr 22:02:03
Дильшод
Оксана 1975йил Бухорода тугилган. "Эл юрт хурмати" ва "Дустлик"орденлари нишондори. "Узбекистондв хизмат курсатган спорт устаси" кукрак нишони сохибаси. Олимпиада чемпиони 1992 йил Барселона Испания. 1994йил Осие уйинлари иккита бронза, Жахон кубоги 1та олтин 2та бронза, 1997 йил "Жахон юлдузлари" 2та кумуш. У Узбекистонда ягона 7та Олимпиадада иштрок этган спортчи хисобланади.
   
16 apr 22:01:33
Дильшод
Оксана 1975йил Бухорода тугилган. "Эл юрт хурмати" ва "Дустлик"орденлари нишондори. "Узбекистондв хизмат курсатган спорт устаси" кукрак нишони сохибаси. Олимпиада чемпиони 1992 йил Барселона Испания. 1994йил Осие уйинлари иккита бронза, Жахон кубоги 1та олтин 2та бронза, 1997 йил "Жахон юлдузлари" 2та кумуш. У Узбекистонда ягона 7та Олимпиадада иштрок этган спортчи хисобланади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика