So’nggi yangiliklar

01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:10ЕЧЛ. ПСЖ – "Бавария" (онлайн ҳисоб)  9 01:10ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" – "Реал Мадрид" (онлайн ҳисоб)  71 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  0 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  0 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  10 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  5 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11 20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  1

Xoland "Siti"da hamon o'z raqamiga ega emas. Nega? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Xoland "Siti"da hamon o'z raqamiga ega emas. Nega? (mutolaa uchun)

Quyida Erling qaysi raqam ostida o'ynashini aniqlaymiz.

Erling Xolandning Dortmundning «Borussiya» klubidan «Manchester Siti»ga o'tishi bir oy oldin malum bo'lgandi. Biroq, Erling rasman yaqinda elon qilindi. Futbolchini tanishtirishda bolalikdagi fotosuratiga ishora qilindi, bu juda zamonaviy bo'lib chiqdi.

Erlingning elon qilinishining uzoq davom etishining sabablaridan biri o'ziga raqam ololmagani bilan bog'liq. CHunki uning yangi jamoasi libosida qaysi raqam bo'lishi hozircha nomalum.

Hammasiga Gabriel Jezus aybdor

So'nggi ikki yil davomida Xoland "Borussiya"da to'qqizinchi raqam ostida to'p tepdi. Ammo “shaharliklar” safida ushbu raqam ostida Gabriel Jezus harakat qiladi. Braziliyalik futbolchi "Manchester Siti"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar allaqachon matbuotda yangramoqda. Jumladan, uning "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq, Jezus hali ham klubni tark etganicha yo'q. Futbolchining agenti uning mijozi kelajagini Braziliya terma jamoasi lageridan qaytganidan so'ng hal qilinishini aytib o'tdi.

Balki shuning uchun ham Xolandning transferi elon qilinishi kechikkan bo'lsa kerak. Albatta, Erling hali mavjud bo'lmagan "to'qqiz" ni olishni istaydi.

Agarda braziliya hujumchi keyingi bir yarim oy ichida “shaharliklar”ni tark etmasa, u holda norvegiyalik 2022/2023 yilgi mavsum uchun boshqa raqam ostida o'tkazishiga to'g'ri keladi. Balki Gabriel qachon jamoasini almashtirmaguncha boshqa raqam ostida o'ynashi mumkin.



Bir nechta "vaqtinchalik variantlar" mavjud

Qahramonimiz faoliyatini “Brune” klubida boshlagan. U erda 16 yoshli Erling 19-raqam ostida o'ynagan. Keyinchalik u “Molde”ga ko'chib o'tgan va u 30 raqamni o'ziniki qilgan. “Borussiya”ga ko'chib o'tguniga qadar esa ikki mavsum davomida “Zalcburg” sharafini himoya qilgan.

Dortmunddagi ilk mavsumida norvegiyalik futbolchi 17-raqam ostida o'ynadi. Norvegiyaning o'smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibida Xoland 10, 14, 18 va 19-raqamlar ostida o'ynadi. Milliy terma jamoaga taklif qilinganidan keyin esa Erling avvaliga 23-raqamni, keyin esa sevimli 9-raqamini tanladi.

SHunday qilib, Xoland uchun muqobil raqamlar orasida 17, 19, 23 va 30 raqamlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari, Erling 15-raqamni egallashi ehtimoli bor. CHunki ushbu raqam ostida uning otasi uch yil davomida "Manchester Siti"da sharafini himoya qilgan.



“Manchester Siti”da qanday raqamlar bo'sh turibdi...
Yuqorida aytib o'tganimizdek, Xoland, birinchi navbatda, o'zining sevimli 9-raqamini olishga intiladi. Lekin klubda zaxira raqamlari ham bor.

Deylik, "Manchester Siti"da 17-raqam band. Bu raqamda jamoa etakchisi Kevin De Bryuyne o'ynaydi. Belgiyalik futbolchi qahramonimizga o'z raqamini berishi dargumon. 23-raqam “Manchester Siti”da 2003 yilda Konfederaciyalar kubogi doirasida Kamerun va Kolumbiya o'rtasidagi o'yinda vafot etgan Mark-Viven Fo nomiga berilgan.

15, 19 va 30-raqamlar hozirda bo'sh turibdi. CHunki ular Elakim Mangal, Leroy Sane va Nikolas Otamendi klubdan ketganidan keyin bo'sh qolgan. Katta ehtimol bilan Erling ushbu variantlardan birini tanlaydi.

Agar Erling “Manchester Siti”da 15-raqam ostida o'ynasa va shu tariqa otasining ishini davom ettirsa, bu ramziy manoga ega bo'ladi. Ayniqsa, Xoland yangi klubiga muhabbatini tan olgani uchun.
“Men Angliyada tug'ilganman va butun umrim davomida “Siti” muxlisi bo'lganman. Men klub haqida ko'p narsani bilaman, bu erda o'zimni uydagidek his qilyapman”, - dedi norvegiyalik.


Xo'sh, sizningcha Erling Xoland qaysi raqamni tanlaydi?


Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика