So’nggi yangiliklar

17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  1 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  2 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  6 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  3 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  4 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  5 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  2 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  8 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  17 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1

Xojimat Erkinov: "Lokomotiv"ga 3ta gol uraman, deb o'ylamagan edim. Lekin..." Yangiliklar

Xojimat Erkinov: "Lokomotiv"ga 3ta gol uraman, deb o'ylamagan edim. Lekin..."

"Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra chempionlikni muddatidan avval qo'lga kiritib bo'lgach tarkibda sezilarli rotatciyalarni amalga oshirmoqda. Kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilarga imkoniyat beryapti.

Superliganing 25-turida "Lokomotiv" mehmoni bo'lgan "Paxtakor" yirik 3:0 hisobida g'alabani o'ziniki qildi. O'yindagi barcha uchta gol ilk daqiqalardan boshlab harakat qilgan Xojimat Erkinov hisobiga yozildi. Oldinda jamoani "Bunyodkor" bilan O'zbekiston kubogi yarim finalida kechadigan yana bir Toshkent derbisi kutib turibdi. Ushbu bahs oldidan Xojimat Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik. 


- Toshkent derbisida jamoani nima bunchalik oldinga siljishga va g'alaba sari ruhlantirdi? CHunki jamoa allaqachon chempionlikni rasmiylashtirib bo'lgan, qolgan bahslarni esa bosimsiz, bemalol o'tkazishi tabiiy hol edi...

- Bilasiz, "Paxtakor"ning "Lokomotiv", "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazgan o'yinlari oldindan qiyin bo'lib kelgan. Har qanday holatda ham derbi muhimliligini yo'qotmagan. Bunda O'zbekistonning eng kuchli jamoalari to'qnash keladi. SHu narsa bizga motivaciya berdi, deb o'ylayman. 

- "Lokomotiv" darvozasiga 3ta gol urishni o'ylaganmidingiz? 

- Buni o'ylamgandim. Lekin, ikkinchi golni urganimdan so'ng dublni xet-trikka aylantirish istagi tug'ildi. Xudoga shukur nasib qilganidan xursandman. 

- Oldinda jamoani "Bunyodkor"ga qarshi ikkita o'yin kutib turibdi? Sizningcha qaysi biri qiyin o'tadi, kubok yoki Superliga?

- O'zbekiston kubogi qiyin o'tadi. CHunki final yo'llanmasi bitta o'yinda hal bo'ladi. Muhimlilik darajasini olib qaraganda ham kubok bahsi ustunroq. Maqsadimiz mazkur musobaqada ham g'olib chiqib uchinchi sovrinni qo'lga kiritish.  

- Bu yilgi mavsumdagi harakatlaringizdan ko'nglingiz to'lyaptimi? Jarohatlar qanchalik o'z imkoniyatlaringizni yuz foiz ko'rsatishga to'sqinlik qildi?

- Qisman to'lyapti. Orada jarohatlarni hisobga olmaganda mavsum yaxshi o'tyapti. Bu bilan to'xtab qolish faqat zarar keltiradi. Mehnat qilish, oldinga intilishda davom etaman. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика