So’nggi yangiliklar

17:39"Нефтчи" "Пахтакор"ни ютиб, Суперкубокни қўлга киритган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 17:17Бекобод шаҳри Ўзбекистон Кубоги финали ёки Суперкубокка мезбонлик қилиши мумкин?!  2 16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  9 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  9 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:53"Бавария"да дарвозабонлар қолмади — барчаси жароҳатланган  1 15:25Флик ва Деку Рэшфорднинг келажаги бўйича турлича қарашга эга  5 14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  12 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  3 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  1 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  10 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  4 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  16

Xiddink: “Faoliyatimda bir marta kelishilgan o'yin haqida o'ylab qolganman” Yangiliklar

Xiddink: “Faoliyatimda bir marta kelishilgan o'yin haqida o'ylab qolganman”

Gollandiyalik taniqli mutaxassis Guus Xiddink faoliyati davomida faqat bir holatda futbolning halolligiga shubha bilan qaragan.

2008/2009 yilgi CHempionlar ligasi bahslari yarim finalida Xiddink boshqaruvidagi “CHelsi” o'z maydonida “Barselona” bilan kuch sinashgan. Uchrashuv mobaniydi bosh hakam Tom Xenning Everebe bir qator bahsli vaziyatlarda kataloniyaliklar foydasiga qaror chiqargan. Norvegiyalik hakam kamida ikki marta “Barselona” darvozasiga penalti belgilashi mumkin bo'lgan holatda hushtak chalishni lozim topmagan. O'sha bellashuv futbol tarixiga eng munozarali bahs sifatida kirgan va londonliklar ustozi Guus Xiddink o'z faoliyati davomida ilk marta futbolning halolligiga shubha bilan qaragan.

“Hakam meni hayratga solgandi. U bungacha ko'p o'yinlarni mahorat bilan boshqarib kelayotgandi. Bu men ko'rgan o'yinlar orasida eng yomon hakamlik bo'lganmi? O'ylashimcha, ha. Bu o'yindan keyin men faoliyatimda ilk bor mazkur o'yin kelishilgan bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab qolganman”, deya Xiddinkning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TalkSport.

Ushbu bellashuv yakuniga ko'ra, “Barselona” 93-daqiqada gol kiritib, turnir finaliga yo'llanma olgan va finalda “Manchester Yunayted”ni taslim etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика