So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

La Liga. Ishonchli g'alabani rasmiylashtirgan "Real" jadvalda "Jirona"ni quvib o'tdi Yangiliklar

La Liga. Ishonchli g'alabani rasmiylashtirgan "Real" jadvalda "Jirona"ni quvib o'tdi

La Liga navbatdagi tur doirasida "Real Madrid" safarda "Xetafe" bilan kuch sinashdi.

Xoseluning 14 va 56-daqiqalarda urgan gollari "Madrid"ga g'alaba keltirdi. 


"Xetafe" – "Real Madrid" 0:2
"Koliseum Alfonso Peres" stadioni
Gollar
: 0:1 – 14 Xoselu, 0:2 – 56 Xoselu.

"Xetafe" – Soriya, Karmona (Xordi, 46), Suares, Duarte (Latasa, 46), Alderete, Alvares, Jene (Riko, 46), Maksimovich (Santyago, 88), Milya, Grinvud, Mayoral (Mata, 88).

"Real Madrid" – Lunin, Nacho, Ryudiger (Kamavinga, 46), Mendi, Modrich, Valverde, Tchuameni, Bellingem (Karvaxal, 88), Vaskes, Vinisius Junior (Rodrigo, 75), Xoselu (Braim Dias, 88).

Ogohlantirishlar: Jene (26), Mendi (30).

Getafe

LaLiga . 20-tur

02/02/2024, 01:00

2
:
0
Tugadi

Real Madrid

Joselu - 14', Joselu - 56'

Stadion: Coliseum, 15264 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
26'  Djene
46'  Djene (Diego Rico)
46'  Domingos Duarte (Juanmi Latasa)
46'  Jose Angel Carmona (Jordi Martin)
88'  Borja Mayoral (Jaime Mata)
88'  Nemanja Maksimovic (Jesus Santiago)
14'  Joselu
14'  Lucas Vazquez
30'  Ferland Mendy
46'  Antonio Ruediger (Eduardo Camavinga)
56'  Joselu
56'  Vinicius Junior
76'  Vinicius Junior (Rodrygo)
88'  Joselu (Brahim Diaz)
88'  Jude Bellingham (Daniel Carvajal)
90'  Aurelien Tchouameni
90'  Carlo Ancelotti


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Madrid" muhim 3 ochkoni qo'lga kiritib, La Liga jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi.

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqa. Xoselu va Jud Bellingem o'rniga Karvaxal hamda Braim Dias maydonga tushirildi.   

84-daqiqa. CHap qanotdan uzatmadan keyin Latasa havodagi kurashda Nachodan ustun keldi va zarba yo'lladi, Lunin o'z o'rnida.   

82-daqiqa. Modrich-Rodrigo-Jud Bellingem kombinaciyasidan keyin angliyalik himoyachilarni bir necha bor chalg'itishga urinib, keyin zarba berdi, biroq to'p baribir himoyachilardan birining oyog'iga tegib, maydonni tark etdi. 

79-daqiqa. "Xetafe"ning tezkor qarshi hujumini Meyson Grinvud kuchli zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi, biroq uning urinishi biroz noaniq chiqdi.  

63-daqiqa. QANAQASIGA? Bu vaziyatda qanday qilib gol ura olmaslikni uddalaginini Vinisiusning o'zi ham tushuntirib berolmasa kerak. 

56-daqiqa. GOOOOOOL! Xoseludan dubl. Vinsius Junior golli uzatma muallifiga aylandi. 

52-daqiqa. Meyson Grinvudning zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi.

46-daqiqa. O'zgarish! Antonio Ryudiger o'rniga Eduardo Kamavinga o'yinga qo'shildi. 

46-daqiqa. O'zgarishlar! Jene Dakonam va Domingesh Duarte o'rniga Diego Riko hamda Xuanmi Latasa maydonga tushirildi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4-daqiqa. Xoseluning zarbasidan keyin bosh hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus! 

45+2-daqiqa. "Real Madrid" ketma-ket burchak zarbalaridan naf chiqara olmadi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

43-daqiqa. Yo'q, germaniyalik himoyachi maydonga qaytdi va o'yinni davom ettiradigan bo'ldi.   

41-daqiqa. Antonio Ryudiger o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi. 

33-daqiqa. Fede Valverde jarima maydonchasiga kiraverishdan kuchli zarba berdi, lekin unga aniqlik etishmadi.  

30-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar sariq Ferlan Mendiga ko'rsatildi. Franciyalik raqibining oyog'ini bosib oldi.  

26-daqiqa. Ogohlantirish! Jene Dakonam to'pga eta olmadi va Tchuamenining oyog'iga zarba bergani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

19-daqiqa. "Xetafe" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.  

14-daqiqa. GOOOOOL! Xoselu darvozabon va himoyachining sustkashligidan unumli foydalanib, hisobni ochmoqda. 

12-daqiqa. Vinisius Junior darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin David Soriya jamoasini qutqardi.

9-daqiqa. Xoselu o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llagach, u to'singa tegib qaytdi. Ammo hakam hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketganini malum qildi va agarda gol urilganda ham inobatga olinmagan bo'lardi. 

6-daqiqa. Hozircha "Xetafe" faol tarzda pressingda ishlashmoqda va o'yin markazga yaqin hududlarda o'tmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 


Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkib borasida bir qarorga kelishgan.

"Xetafe" - "Real Madrid"

"Xetafe" - David Soriya, Suares, Jene, Duarte, Alderete, Alvares, Maksimovich, Milya, Karmona, Grinvud, Mayoral. 

"Real Madrid" - Andrey Lunin, Ferlan Mendi, Antonio Ryudiger, Nacho, Lukas Vaskes, Luka Modrich, Orelen Tchuameni, Federiko Valverde, Jud Bellingem, Vinisius Junior, Xoselu.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика