Xavi: “Real”ga bosim o'tkazishda davom etmoqchimiz”
		
		30 okt 2022 08:40
        Yangiliklar	
	
				
				Xavi: “Real”ga bosim o'tkazishda davom etmoqchimiz”
La Liga 12-turida “Valensiya” ustidan qo'lga kiritilgan qiyin g'alabadan keyin “Barselona” ustozi Xavi musobaqa g'olibligi uchun “Real” bilan kurash davom etishini aytib o'tdi.
			“CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikni unutishga harakat qildik, ammo bu og'ir o'tmoqda. Bu oxirgi daqiqalardag qo'lga kiritilgan ajoyib g'alaba.
Qarorlar yaxshi bo'lmadi. Zarba beradigan vaziyatda pas berdik va gol urish mumkin bo'lganda uzatmalarni amalga oshirdik. Bu esa bizni xavotirga solidi.
G'alaba haqli tarzda qo'lga kiritildi. Ertaroq gol urishimiz ham mumkin edi. Endi “Real”ga bosim o'tkazishda davom etamiz”, deydi Xavi.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar hozirda 31 ochko bilan chempionat peshqadamiga aylanib oldi. Xuddi shuncha ochkoga ega “Real” esa bugun uyda “Jirona” bilan 12-tur bahsida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar