Xavi: “Messi yana 5-7 yil yuqori darajada o'ynay oladi”
04 may 2020 22:25
Yangiliklar
Xavi: “Messi yana 5-7 yil yuqori darajada o'ynay oladi”
Xavining fikricha, 32 yoshli Messi hali beri faolyatini yakunlash haqida o'ylamasa bo'ladi.
“Agar men “Barselona”ni boshqaradigan bo'lsam, unda Messi to'p tepayotgan bo'lsa, bu juda katta plyus bo'ladi. Albatta, Messi hali kamida 5-7 mavsum yuksak saviyada to'p tepa oladi.
U doim yaxshi formada bo'lishi uchun o'ziga etarlicha etibor qaratadi. U 37, 38, 39 yoshiga qadar yuksak saviyada to'p tepishiga ishonaman. U 2022 yili Qatarda o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishiga shubham yo'q”, deya Xavining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Ilgariroq kataloniyaliklar rahbariyati Xaviga klubni boshqarish borasida taklif bilan chiqqan, ammo u bu taklifni rad etgandi. Keyinroq Xavining o'zi bu taklifga munosabat bildirib, bunday jamoada ishlash uchun katta tajribaga ega bo'lishi kerakligini aytgandi.
Fikrlar