Xavi: "Maradonaning gaplariga qo'shilmayman"
19 okt 2018 15:14
Yangiliklar
Xavi: "Maradonaning gaplariga qo'shilmayman"
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messining etakchilik qobiliyatlariga shubha qilgan Diego Maradonaga javob berdi.
"Maradonaning gaplariga qo'shilmayman, Messi - hayratlanarli etakchi. U kiyinish xonasida o'zini xotirjam tutishi mumkindir, biroq maydonda haqiqiy sardor, u doimo to'pni so'raydi, o'zini taklif qiladi, hech qachon chaqiruvlardan yashirinmaydi.
Sobiq futbolchilar hozir o'ynayotganlarni tanqid qilishi menga yoqmaydi. Men faqat Maradona haqida gapirmayapman. Ko'plab sobiq o'yinchilar, hozirda OAV va televidenciyada o'z hamkasblarini tanqid qilayotganlarni ham aytyapman" -deydi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar