Xavi: "Biz taslim bo'lmadik"
21 dek 2023 08:17
Yangiliklar
Xavi: "Biz taslim bo'lmadik"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Almeriya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz taslim bo'lmadik. Birinchi bo'limda "Barsa" o'zimiz istaganchalik ko'rinmadi. Bizga tezlik va harakatchanlik etishmadi va o'z vaziyatimizni qiyinlashtirib yubordik.
30 marotaba zarba berdik, lekin bu bizga kamlik qildi va ikkita gol o'tkazib yubordik. Birinchi bo'lim jamoamiz uchun qoniqarsiz o'tdi. Ikkinchi taymda nimalardir qildik, ammo birinchisida emas.
Ikkinchi bo'limda biz ruxiyat namoyish etdik va muhim g'alabaga erishdik. Birinchi taymda bizga ishonch etishmadi deb o'ylayman. Biz so'nggi uchta o'yinda g'alaba qozona olmagandik.
Yoqimli holatlar bo'ldi, ammo biz rivojlanishimiz kerak. Hordiq chiqarish 2024 yilda g'alabalar sari qaytish yo'lida foydali bo'ladi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar