So’nggi yangiliklar

07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  0 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  3 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  7 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  20 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1

Xavi: "Barselona" - hayot maktabi" Yangiliklar

Xavi: "Barselona" - hayot maktabi"

Teglar :  Xavi
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi qanday qilib Kataloniya klubi maktabiga kirgani haqida aytib berdi.

"Bunga ishona olmasdim. Avvaliga akademiyada o'qish uchun ko'p bolalar kabi ko'rikda ishtirok etdim. Otam menga "Barselona" bilan shartnoma imzolanganini aytmagan edi, shu sababli asabiylashdim. Ko'rikda qatnashdim va otam menga bitim imzolanganini aytdi. O'zimni xuddi ertakka tushib qolgandek his qildim. Birinchi kundan rohatlanishga intildim, murabbiydan ko'p narsalarni o'rgandim. "Barselona"da nafaqat futbol, balki hayot darslarini ham oldim.

"Barselona" - hayot maktabi ekanligini doimo takidlayman. U erda boshqalarni hurmat qilish, jamoadoshlarni qadrlash va egoist bo'lmaslikni o'rgatishadi. Futbol - jamoaviy o'yin va sen jamoadoshlaring haqida o'ylashni, murabbiyning har qanday qarorini hurmat qilishni o'rganasan. Jamoa mexanizmi, biralikda ishlashga hurmat bilan qarash lozim. Buni uyimda o'rganganman, chunki oilam namunali edi deb o'ylayman. Biroq "Barselona" ham shunday. Uyimda va "La Masiya"da hammasi yaxshi inson bo'lib etishishim uchun qilingan. "Barselona"da nafaqat futbol o'ynashga, balki etuk inson bo'lib etishishingga o'rgatishadi. Bu haqiqiy hayot maktabi" - deydi Xavi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика