Xavi: "1:0 hisobining nimasi sizga yoqmayapti?"
19 mar 2023 13:19
Yangiliklar
Xavi: "1:0 hisobining nimasi sizga yoqmayapti?"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real"ni 4:0 yoki 5:4 hisobida yutgandan ko'ra 1:0 hisobi bilan yutgan yaxshiroq ekanligini aytdi.
- Menimcha imkoniyatlar teng. Balki bizda yaxshiroqdir ham. CHunki "Barselona" o'z maydonida o'ynaydi.
- "Real"ni ham 1:0 hisobida mag'lub etishga rozimisiz?
- 1:0 hisobining nimasi sizlarga yoqmayapti? Tanlov imkoniyati bo'lganida 4:0 yoki 5:4dan ko'ra 1:0ni tanlagan bo'lardim. Raqib yaxshi himoyalanadi, gol urish oson bo'lmaydi. Futbol o'ynamaganlar raqibning darajasini tushunishmaydi.
1:0 hisobidagi g'alaba - fantastik, mo'jizaviy hisob. Muammo nimada?, - deb javob berdi.
Ushbu mavsumda Xavi qo'l ostidagi jamoa 9 o'yinda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bu klubning rekordi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar