Xavi 0:4 dan so'ng: "Barselona" 1-bo'limdagi ustunlikdan foydalana olmadi"
06 apr 2023 09:28
Yangiliklar
Xavi 0:4 dan so'ng: "Barselona" 1-bo'limdagi ustunlikdan foydalana olmadi"
Xavining fikricha, "Barsa" 1-taymda "Real"dan yaxshiroq harakat qilgan.
"Birinchi bo'lim bizning foydamizga yakunlanishi kerak edi. Bu og'ir mag'lubiyat, uni qabul qilish qiyin.
Ikkinchi gol biz uchun jiddiy jazo bo'ldi. Barcha gap detallarda.
Biz birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, ammo bundan foydalana olmadik.
Bu haqida avval ham ko'p aytganman, "Real" - har qanday turnirda favorit. Ular CHempionlar ligasi g'oliblari. Bu ajoyib jamoa ekanligini bugun ham ko'rdik.
Biz oxirigacha kurashdik, garchi hisobga qarab bunga o'xshamasada. Futbolda vaziyatlar muhim, biz esa bundan foydalanmadik", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar