Irlandiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlanib borayotgan kuchli jamoa hisoblanadi"
09 noy 14:43
Yangiliklar
Irlandiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlanib borayotgan kuchli jamoa hisoblanadi"
"G'alabadan judayam xursandman. Chinakam futbol guvohiga aylandik.
O'zbekiston Osiyoda Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlanib borayotgan kuchli jamoa hisoblanadi. Ularning o'yinchilari tezkor, xavfli va qarshi hujumlarda juda mahoratli.
Bazi paytlarda bizga sabr-toqat bilan himoyalanishga to'g'ri keldi. Bitta gol o'tkazib yubordik, ammo etiborimizni yo'qotmadik, o'yinni nazoratga ola boshladik. Ulkan lahzalar, etuk o'yinchilar, qadr-qiymatli gollar – barchasi joyida edi.

Hisobda ortda qolganimizdan so'ng hech qanday vahima bo'lmadi, futbolchilar rejaga sodiq qolishdi. Chap qanotdan hujum uyushtirish imkonimiz borligini his qildik. Gradi tomonidan o'z vaqtida oldinga yurish amalga oshirildi va shu orqali hisobni tenglashtirdik.
Bunday lahzadan zavqlanish muhim. Guruhdagi yakuniy o'rinlar hali hal bo'lgani yo'q. Haddan tashqari xursandchilikka berilmaymiz – shunchaki Paragvayga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlikni davom ettiramiz", dedi 50 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar