"Barselona" sobiq ustozi "Atlanta" bosh murabbiyi etib tayinlandi
07 noy 2025 18:31
Yangiliklar
"Barselona" sobiq ustozi "Atlanta" bosh murabbiyi etib tayinlandi
MLS klubi "Atlanta Yunayted" Xerardo Martinoni bosh murabbiy etib tayinlaganini elon qildi.
62 yoshli argentinalik mutaxassis 2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Martino 2017 yilda klubning birinchi murabbiyi bo'lib ishlagan va "Atlanta"ga 2018 yilda MLS Kubogini yutishga yordam bergan. Bu muvaffaqiyat Martinoga 2018 yilda MLS'ning "Yil murabbiyi" mukofotini keltirgan.
Martino 2023 yildan 2024 yilgacha Lionel Messining "Inter Mayami" jamoasiga murabbiylik qilgan. Faoliyati davomida u "Barselona", shuningdek, Argentina, Paragvay va Meksika terma jamoalarida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar