"Milan" Levandovski bilan shartnoma imzolamoqchi
09 noy 17:05
Yangiliklar
"Milan" Levandovski bilan shartnoma imzolamoqchi
"Milan" qishki transferlar vaqtida Robert Levandovski bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.
Qayd etilishicha, Italiya grandi hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Polshalik "rossonerilar" short-listida bor.
Biroq Levandovskining o'zi qishda ketmoqchi emas. Hujumchi mavsumni "Barselona"da yakunlashni rejalashtirmoqda. Forvardning mehnat shartnomasi yozda tugaydi. Futbolchi yana bir mavsum ispan klubida qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor. Ammo, A Seriyaga ko'chib o'tish ham istisno etilmagan.
Robert Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida 11 ta o'yin o'tkazib, ularda to'rtta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar