Leni Yoro "Real"ga emas, "Manchester Yunayted"ga o'tganidan afsuslanmaydi
07 noy 21:37
Yangiliklar
Leni Yoro "Real"ga emas, "Manchester Yunayted"ga o'tganidan afsuslanmaydi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoro "Real" tomonidan bo'lgan qiziqishlarga qaramay, mankunianliklar tarkibiga o'tganidan afsusda emasligini aytdi.
"Hech qachon afsuslanish tuyg'usini his qilmaganman. Ha, bazida yomon mavsumlar ham bo'lib turadi, lekin bu top-klub.
Kelgunimcha ham klubning loyihasini bilganman. Albatta, birinchi mavsumdayoq 15-o'rinda tugatishimizni kutmaganmiz. Bunday narsalarni oldindan kutib ham bo'lmaydi.
Klub direktori, murabbiylar, hamma bir-birini oldinga undamoqda. Biz ham klubga ishonamiz. Har kuni boshni tik ko'targan holda mehnat qilish kerak.
Men bilan faqatgina "Real" yoki "Manchester Yunayted" emas, boshqa klublar ham qiziqish bildirgandi. Men "Manchester Yunayted"ni tanladim va bundan mamnunman", - dedi Yoro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar