So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  51 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

Vohid Xolboev: "Pul yo'q, futbolchilarning munosabati o'zgarmadi" Yangiliklar

Vohid Xolboev: "Pul yo'q, futbolchilarning munosabati o'zgarmadi"

Teglar :  Nurafshon
"Nurafshon" bosh murabbiyi Vohid Xolboev Pro-liganing 24-turi doirasida "Yozyovon" (6:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'tgan uch o'yinda g'alaba qozona olmaganimiz, shuningdek, ketma ket ikki marta mag'lub bo'lganimiz tufayli yigitlarning ruhi anchagina tushib ketgandi. Biroq mashg'ulotlar davomida yigitlarning ruhini ko'tara oldik. SHogirdlarim ham yutuqni anchagina sog'inishgandi. Ishtiyoq kuchlilik qildi va g'olib bo'ldik. "Yozyovon" ham anchagina kuchli jamoa. Ularning o'yinlari bugun o'xshamagan bo'lsa-da, ikkinchi o'rinda yurishibdi. Bu bejizga emas.

Liganing 24 turi ortda qoldi. SHu orqali biz ko'plab faktorlarni bilib oldik. Ko'p jamoalar faqatgina o'z maydonlarida kuchli o'ynaydi, yani uy jamoasi. CHunki liganing ko'plab jamoalarida stadionning ahvoli juda yomon. Bizning maydonga kelganlar esa erkin o'ynaydi. CHunki stadionimiz yaxshi va chiroyli o'yin ko'rsatsa bo'ladi.

Pul yo'q bo'lsa ham, futbolchilarning o'z vazifasiga bo'lgan qarashlari o'zgarmagan. Ikki marta mashg'ulotda qatnashishmadi. Ammo shundan keyin barchasi yaxshi bo'lib ketdi. "Nurafshon" jamoasining ichki hayoti anchagina yaxshi, futbolchilar ahil. O'sha vaqtlarda kimdir kimdirlarning gapiga quloq solib, barchasini ovoza qilib yubordi. Vazifamiz - birinchi o'rinni saqlab qolish", - dedi Vohid Xolboev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика