So’nggi yangiliklar

15:53ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  5 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  17 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  11 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  21 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3

Buxoroda yangi tashkil etilgan "Nurafshon" klubi Birinchi ligaga yo'l oldi Yangiliklar

Buxoroda yangi tashkil etilgan "Nurafshon" klubi Birinchi ligaga yo'l oldi

SHu kunlarda Buxoro shahrida Birinchi ligaga o'tish turniri bo'lib o'tmoqda.

Mazkur turnirda xududiy futbol associaciyalari tomonidan tashkil etilgan 2-liga va viloyat kubogi musobaqalari orqali etib kelgan jami 12 ta jamoa ishtirok etmoqda. Reglamentga ko'ra, o'tish turnirining finaliga yo'l olgan jamoalar yangi mavsumdan boshlab Birinchi ligaga yo'l olishlari belgilab qo'yilgan. 

Bugun mazkur musobaqaning yarim final bosqichi o'yinlariga start berildi va Buxoro shahrining "Nurafshon" klubi Sirdaryo viloyatining "Guliston" jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, finalga yo'l oldi. 

2022 yilda tashkil etilgan "Nurafshon" klubining o'tish o'yinlaridagi natijalari quyidagicha bo'ldi:

Guruh bosqichi

"Nurafshon" - "Cementchi" 0:0

"Lochin" - "Nurafshon" 0:6



CHorak final

"Nurafshon" - "Istiqlol" 4:1


Yarim final

"Guliston" - "Nurafshon" 0:0 (penaltilar bo'yicha – 4:5)



Qayd etilgan natijalarga ko'ra, Buxoro shahrida tashkil etilgan "Nurafshon" klubi yangi mavsumdan Birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.



Jamoa nomi: "Nurafshon"

Tashkil topgan yili: 2022

Bosh homiy: Buxoro shahar hokimligi

Klub prezidenti: Jamoliddin Nosirov

Klub bosh direktori: Azimjon Xolov

Jamoa bosh murabbiyi: Komiljon Samiev

Yordamchi murabbiylar: Dilshod Saxatov, Ravshan Samadov

SHifokorlar: Akbar Mirzaev, Islom Boboqulov

Musobaqaning final uchrashuvi 13 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика