So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  4 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   16 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  7 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Anvar Jo'raev: "Davron Fayziev Buxoroda yaxshi jamoa shakllantirgandi. Keyin esa..." Yangiliklar

Anvar Jo'raev: "Davron Fayziev Buxoroda yaxshi jamoa shakllantirgandi. Keyin esa..."

2020 yil Superligadan tushib ketgan "Nurafshon" jamoasi joriy mavsumni Pro ligada o'tkazdi.

Superliga yo'llanmasi uchun oxirgacha kurashgan jamoa, yakunda to'rtinchi o'rin bilan cheklandi. Jamoani yangi mavsumga tayyorlagan Davron Fayziev birinchi davra o'rtasida istefoga chiqarildi. Keyinchalik boshqaruvni qo'liga olgan oradan bir necha oydan so'ng Usmon Toshev O'FAga o'tib ketdi. Bizning fikrimizga jamoa futbolchisi Anvar Jo'raev ham qo'shilgan holda o'z fikrlarini bildirdi. 

- "Buxoro" jamoasi Superligadagi uzoq yillik ishtirokidan so'ng quyi ligaga tushib ketdi. Aslida bu narsaga etib kelinayotgandi. 2019 yildan boshlab ishlar orqaga keta boshladi...
- O'sha paytlar "Buxoro" jamoasida Ulug'bek Baqoev murabbiy edi. SHuningdek bir qator tajribali va maxoratli futbolchilar to'p tepardi. Jangovar jamoa shakllangandi. Baqoev ketganidan so'ng jamoada pasayish boshlandi. Murabbiylarning qo'nimsizligi natijalarga tasir qildi. SHunday bo'lsada navbatdagi mavsumda Superligaga qaytib, klubning mavqeini tiklashga harakat qilamiz. 

- Aslida muammo nimada edi? Buni jamoaning ichidagi inson sifatida aytsangiz...
- Masalan shu mavsumni oladigan bo'lsak, etibor bersangiz yilni boshida Davron Fayziev juda yaxshi jamoa shakllantirdi. Ammo yana mavsum o'rtasida murabbiylar almashdi. Nomalum sabablarga ko'ra Davron aka lavozimini tark etdi. O'shandan keyin yo'qotilgan ochkolar qimmatga tushdi. Asosiy muammo shunda, deb bilaman.

- SHu kungacha ko'p murabbiylar o'zgarganini aytdingiz. Sizningcha qaysi mutaxassis etarlicha imkoniyat olmadi?
- Menimcha jamoani yaxlit birlashtira olgan va o'yinni yo'lga qo'ygan Davron akaga imkoniyat berish kerak edi. Tayyor jamoa sifatida chempionatni boshlagandik. 

- Buxoroda tizim yo'qligi bunda o'z aksini topyatimi? Qashqadaryoda "Nasaf" misolida aytsak, kim rahbar bo'lsa ham natija va o'yin barqaror...
- Avvalo "Nasaf"ni O'zbekiston kubogida g'olib chiqqani bilan tabriklayman. Ro'ziqul Berdiev bir necha yillardan beri faoliyat olib bormoqda. Futbolchilar yoshligidan birga katta bo'lgan. Bir-birini tushunish darajasi yaxshi. Kim ketsa ham yangi va yosh futbolchilar etishib chiqaveradi. Menimcha hozirgi rahbarimiz barchasini joyiga qo'yadi. Buxoroda juda ko'p futbol ishqibozlari bor. Ular uchun ham Superligaga qaytamiz.

- Garchi ko'p ochkolar yo'qotilgan bo'lsada, jamoada o'tish o'yinida ishtirok etish imkoniyati bor edi. "Olimpik" esa bu raqobatda ustun keldi...
- Ha, ularni Superliga bilan tabriklayman. Ushbu muvaffaqiyatlarda Timur Kapadzening hissasi katta. Yoshlardan kuchli jamoa tuzdi. O'yindan o'yinga ochilib borishdi. Murabbiy imzosi maydonda yaqqol ko'rinib turdi. So'zim yakunida hammani kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. SHu bilan birga bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan dadamni ham tabriklab qolaman.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика