So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  18 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

Vodiy futboli. "Neftchi"ning quruq seriyasi 3ta o'yinga etdi Yangiliklar

Vodiy futboli. "Neftchi"ning quruq seriyasi 3ta o'yinga etdi

Kuni kecha vodiy klublari oliy liganing 23-turidan o'rin olgan o'yinlarni o'tkazishdi.

"Neftchi": Uchinchi o'yinda ham gol o'tkazmadik

Farg'onaning "Neftchi" klubi bu turni Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda vodiy klubi 1:0 hisobida zafar quchdi. SHu tariqa, "Neftchi" ketma-ket uchinchi o'yinda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. O'tgan turlarda Andrey Fyodorov shogirdlari "So'g'diyona" (1:0) va "Bunyodkor" (2:0) klublarini mag'lub etishgandi.

Farg'ona jamoasi navbatdagi turni o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.


"Navbahor": Mag'lubiyatli seriya 5ta o'yinga etdi

Namanganning "Navbahor" klubi 23-turni Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazib 1:5 hisobida yutqazib qo'ydi.

SHu tariqa, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa ketma-ket beshinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi. So'nggi bor "lochinlar" 18-turda "Neftchi"ni taslim qilgandi. SHundan so'ng "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Dinamo", "Paxtakor" va "Nasaf"ga imkoniyat boy berildi.


"Andijon": O'z maydonimizda yana 2ta gol o'tkazdik

Oliy ligada qolish uchun kurashyotgan "Andijon" klubi o'z maydonida "Lokomotiv"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Sergey Kovshov shogirdlari o'z uylaridagi oxirgi 4ta o'yinda kamida 2tadan gol o'tkazishdi. "Olmaliq" (2:4), "Qo'qon-1912" (1:2), "Qizilqum" (3:2) va "Lokomotiv" (1:2) bilan o'yinlarda raqiblar "lochinlar" darvozasiga kamida ikkitan to'p kiritishdi.


"Qo'qon-1912": Otaqo'ziev yana gol urdi

Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yindagi yagona golni Nosir Otaqo'ziev mehmonlar darvozasiga kiritdi.

O'tgan safar Qo'qonda o'tgan "Mashal"ga qarshi bahsda ham Otaqo'ziev o'z hisobiga gol yozib qo'ygandi. Umuman olganda hujumchining bu mavsumdagi gollari soni 8taga etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика