So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Vodiy futboli. Bugun "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi Yangiliklar

Vodiy futboli. Bugun "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi

Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.
"Neftchi": Bugun "Paxtakor" bilan o'ynaymiz

Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 47 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 23ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga.

“Neftchi” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 13tasida muvaffaqiyat qozongan. 5ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Paxtakor” Farg'onadan besh marta uch ochko bilan qayta olgan. “Neftchi” oxirgi ikki yilda o'z uyida bu raqibga yutqazgan.

Uchrashuv soat 17:00da "Istiqlol" stadionida boshlanadi.


"Navbahor" - "Andijon": Ertaga vodiy derbisi

Ertaga oliy liganing 24-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi. 1 oktyabr kuni soat 16:30da boshlanadigan o'yin Namangandagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

Bugun yoshlar ligasi doirasidagi vodiy derbisi soat 15:30da start oladi.


"Qo'qon-1912": Ertaga "SHo'rtan" mehmoni bo'lamiz

Ertaga "Qo'qon-1912" jamoasi G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi o'ynaydi. Asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahs ertaga soat 16:30da boshlanadi.

Bugun yoshlar jamoalari soat 16:00da o'yinni boshlashadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика