So’nggi yangiliklar

20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  12 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  0 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  46 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   4 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  34 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8

“Vodiy futboli”. Video. “Neftchi” – “Nasaf” 0:1 Yangiliklar

“Vodiy futboli”. Video. “Neftchi” – “Nasaf” 0:1

Vodiy futboliga oid yangiliklarni berib borishda davom etamiz.
“Andijon”: Bir kunlik dam
Kecha oliy liganing 10-turida Bekobodga safar qilgan jamoamiz “Metallurg”ga yirik 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Albatta, jamoamizni Bekobodda yirik hisobda yutqazishini ko'pchilik kutmagan bo'lishi tabiiy. CHunki andijonliklar joriy chempionatda yirik hisobda imkoniyatni boy bermagandi. Hatto “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Olmaliq” kabi etakchilar bilan bellashuvda ham yirik mag'lubiyat qayd etilmagandi. Ammo jamoamizni Bekobodda o'yini qovushmadi.
Ana shu o'yindan keyin Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Ertadan jamoamiz yana Andijonga yig'ilib navbatdagi vodiy derbisiga tayyorgarlikni boshlaydi.


“Qo'qon-1912”: Ishqibozlarimiz Toshkent tomon yo'lga chiqdi

Bugun 24 may, shanba. Oliy liganing 10-turi yakuniga etadi. Toshkentdagi TTYMI stadionida kechadigan bahs soat 18:00da start oladi.
Mazkur o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori bo'layotganini sir emas. Ayniqsa qo'qonlik ashaddiy ishqibozlar sevimli jamoasining oldingi turdagi g'alabasidan so'ng bugun poytaxt tomon yo'lga chiqdi. SHuningdek aslida qo'qonlik bo'la turib, bugungi kunda Toshkentda istiqomat qilayotgan muxlislar ham bugun TTYMI stadionida “Qo'qon-1912”ni qo'llab-quvvatlasa ajab emas. Ayishlaricha, stadionda 4 va 5 sektorlar mehmonlarga ajratilgan ekan. Haqiqiy anshlag ko'rsak ajab emas.


“Navbahor”: Otabek Valijonov “Qo'qon-1912” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi
Kecha “Olmaliq”qa qarshi kechgan bahsning ikkinchi bo'limida Otabek Valijonov bosh hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib oldi va maydonni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi.
Endi “Navbahor”ning keyingi turdagi bahsida Valijonov maydonga tusha olmaydi. Aytish lozimki, “Lochinlar”ning navbatdagi raqibi - “Qo'qon-1912”.


“Neftchi”: “Nasaf” bilan o'yin videosi

“Neftchi” kecha “Istiqlol” stadionida “Nasaf”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Quyida ana shu uchrashuvdagi vaziyatlarni tomosha qilishingiz mumkin.

TAS-IX

TAS-IX emas

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика