"Manchester Siti" himoyachisi faoliyatini "Milan"da davom ettiradi
28 avg 15:10
Yangiliklar
"Manchester Siti" himoyachisi faoliyatini "Milan"da davom ettiradi
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akandji faoliyatini Italiyada davom ettirishga yaqin.
Shveycariyalik futbolchi faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazishmoqda. Milanliklar himoyachi uchun 15 million funt to'laydi.
Avvalroq, Manuel Akandjiga "Galatasaroy" qiziqish bildirgandi. Biroq himoyachi faoliyatini Turkiyada davom ettirishni istamadi..
Eslatib o'tamiz, Manuel Akandji 2022 yildan beri "Manchester Siti"da harakat qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlandi. Transfermarkt nashri himoyachini 28 million evroga baholagan. U o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 26 ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar