So’nggi yangiliklar

19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  13 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   7 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  23 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   45

"Andijon", "Dinamo", "Navbahor"ga jarima va yana ko'plab qarorlar – Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi tafsilotlari Yangiliklar

"Andijon", "Dinamo", "Navbahor"ga jarima va yana ko'plab qarorlar – Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi tafsilotlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Superliga

“Andijon” — “Qo'qon-1912”

Superliganing 16-turi doirasidagi “Andijon” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvini tashkil etishda, xususan, jamoalarni stadionga qadar etib kelishini tashkillashtirishda mezbon jamoa tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona” — “Nasaf”

Superliga 16-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” — “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Suxrob Nurulloevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Buxoro”

Superliga 17-turidan o'rin olgan “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Vaxobov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ilhomjon Vaxobovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” — “Navbahor”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo'ladigan fleshintervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o'yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Biroq “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuvdan so'ng maxsus mikst-zonadan harakatlanmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Xorazm” — “Surxon”

Superliganing 17-turi doirasidagi “Xorazm” — “Surxon” uchrashuvining 40-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatilla Poyonov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog'iga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sunnatilla Poyonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Abbos Otaxonov to'p uchun kurashda raqib futbolchisi oyog'ining himoyalanmagan qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abbos Otaxonovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor” — “So'g'diyona”

17-tur doirasidagi “Navbahor” — “So'g'diyona” uchrashuvining 67-daqiqasida “So'g'diyona” jamoasi futbolchisi Xondamir Mustafoqulov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xondamir Mustafoqulovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

90+5-daqiqada esa “So'g'diyona” jamoasi futbolchisi Zoir Jo'raboev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan. Unga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo'llanilgan.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Navbahor” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda kamchilikka yo'l qo'ygani, jumladan, uchrashuv davomida stadion xodimi mezbon jamoa o'rindig'i oldida turib uchrashuvni kuzatib, maydonga yaqin holatda futbolchilarga ko'rsatmalar berishga uringani va komissar ogohlantirishlariga qaramay u hududni tark etmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra “Navbahor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” — “Xorazm”

Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 81-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Toma Tabatadze, 83-daqiqasida esa shu jamoa futbolchisi Marko Kolakovich hakam qaroriga etiroz bildirganligi uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — “Nasaf”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 24-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Farrux Sayfiev to'p uchun kurashda oyog'i bilan raqib futbolchisi oyog'ining boldir qismini bosgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Farrux Sayfievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida, klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Neftchi” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo'l qo'ygan, shuningdek, klub matbuot kotibi akkreditaciyasiz shaxslarni foto va media hududida faoliyat olib borishga ko'maklashgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, klubga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi va klub matbuot kotibi kelgusida ushbu harakatlarni qayta takrorlasa, uning akkreditaciyasi bekor qilinishi bo'yicha ogohlantirildi.


OKMK — “Qizilqum”

Superliga 18-turidan o'rin olgan OKMK — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Asror G'afurov hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asror G'afurovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” — “Paxtakor”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov raqib futbolchisiga nisbatan to'psiz vaziyatda tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Firdavs Abdurahmonovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Dinamo” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo'l qo'ygani sababli jarima intizom chorasi belgilandi.


“Qo'qon-1912” — “Surxon”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.7-bandida klub uchrashuv startidan 75 daqiqa avval elektron qaydnomaga futbolchilarning ismi-familiyasi, raqamlarini o'sish tartibida hamda ampluasini, rasmiy shaxslar ismi-familiyasi va lavozimini licenziyada ko'rsatilgani bo'yicha kiritish uchun Liga komissariga futbolchilar va klub rasmiylari licenziyasini taqdim etishi talab etilgan. Mazkur uchrashuv avvalida “Surxon” jamoasi futbolchi va rasmiylarining barcha licenziya hamda akkreditaciyalari ehtiyotsizlik sabab qolib ketgani oqibatda mehmon jamoa uchrashuvni licenziyalarsiz o'tkazgani qayd etilib.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Xorazm” — “Qizilqum”

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo'ladigan flesh intervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o'yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuv yakunlangandan so'ng “Xorazm” jamoasi futbolchisi Vladimir Bubanya komissarning mikst-zonada o'tish bo'yicha talabni bajarmagan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Vladimir Bubanyaga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor” — “Neftchi”

Superliga 19-turidan o'rin olgan “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Muxsin Ubaydullaev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muxsin Ubaydullaevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qo'qon-1912” — “Surxon”

Superliga 19-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” — “Surxon” uchrashuvining 7-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Jumaev, 36-daqiqada esa “Surxon” jamoasi futbolchisi Behzod Shamsiev hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Proliga

“Olimpik” — “Lokomotiv”

Proliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 86-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kirill Todorov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kirill Todorovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


 U-21 chempionati

“So'g'diyona U-21” — “Nasaf U-21”

U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “So'g'diyona U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvining uchrashuvning 66-daqiqasida “Nasaf U-21” jamoasi murabbiyi Hamza Karimov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Hamza Karimovga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

89-daqiqada “Nasaf U-21” jamoasi futbolchisi Mirshodbek Suyunov hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirshodbek Suyunovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21”

U-21 chempionatining 17-turi doirasidagi “Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 35-daqiqasida “Qizilqum U-21” jamoasi futbolchisi Sherzod Majidov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'yin qo'llagani uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sherzod Majidovga 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5 – bandida klub hamda stadion uchrashuv o'tkazilishi bilan bog'liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masul hisoblanishi, ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani ko'rishi talab etilgan. Biroq ushbu o'yinning 59-daqiqasida jamoat tartibi uchun masul xodimlar ketib qolgani, uchrashuv malum muddatga to'xtatilgani, ushbu xodimlar qaytib kelgach uchrashuv davom ettirilgani qayd etilib, holat bo'yicha chora ko'rish so'ralgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Qizilqum” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qo'qon-1912 U-21” — “Neftchi U-21”

U-21 chempionatining 17-turi doirasidagi “Qo'qon-1912 U-21” — “Neftchi U-21” uchrashuvining 85-daqiqasida “Neftchi U-21” jamoasi futbolchisi Muhammadziyo Ahmadjonov qizil kartochka olgan. Shundan so'ng u bosh hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgan hamda uchrashuv yakunida hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatib tartibsizlik keltirib chiqargan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadziyo Ahmadjonovga 5 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor  U-21” — “So'g'diyona U-21”

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Paxtakor U-21” — “So'g'diyona U-21” uchrashuvining 82-daqiqasida “Paxtakor U-21” jamoasi futbolchisi Feruzbek Olimov raqib futbolchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Feruzbek Olimovga 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo U-21” — OKMK U-21

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Dinamo U-21” — OKMK U-21 uchrashuvining 70-daqiqasida “Dinamo U-21” jamoasi futbolchisi Maqsudxo'ja Aloxo'jaev bosh hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Maqsudxo'ja Aloxo'jaevga 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Nasaf U-21” — “Sho'rtan U-21”

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Nasaf U-21” — “Sho'rtan U-21” uchrashuvidan so'ng “Sho'rtan U-21” jamoasi futbolchisi Adhamjon Musulmonov bosh hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilib, tajovuzkor harakatlar qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Adhamjon Musulmonovga 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Andijon U-21” — “Navbahor U-21”

U-21 chempionatining 18-turi doirasidagi ushbu uchrashuvning 87-daqiqasida “Andijon U-21” jamoasi futbolchisi Asadbek Habibullaev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Habibullaevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo U-21” — “Navbahor U-21”

U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi uchrashuvning 25-daqiqasida “Navbahor U-21” jamoasi murabbiyi Sherzod Jo'raev hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jo'raevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo U-21” — OKMK U-21

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi uchrashuvning 62-daqiqasida “Dinamo U-21” jamoasi futbolchisi Javohir Rustamov hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Rustamovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo U-21” — “Paxtakor U-21”

U-21 chempionatining 18-turi doirasidagi uchrashuvning 29-daqiqasida “Dinamo U-21” jamoasi murabbiyi Andrey Pyatnickiy hakam qaroriga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Pyatnickiyga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi shu uchrashuvning 90-daqiqasida “Paxtakor U-21” jamoasi futbolchisi Muhammadbobur Karimov o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Karimovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga

“Sirdaryo FA” — “Lokomotiv-farm”

Birinchi liga chempionatining 11-turi doirasidagi “Sirdaryo FA” — “Lokomotiv-farm” uchrashuvining 76-daqiqasida “Lokomotiv-farm” jamoasi futbolchisi Artur Mxitaryan to'p uchun kurashda raqib futbolchisining tizzasiga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Artur Mxitaryanga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Do'stlik” — “Namangan FA”

Birinchi liga chempionatining 10-turi doirasidagi “Do'stlik” — “Namangan FA” uchrashuvi oldidan reglamentda belgilangan tartib buzilgan. Jumladan, uchrashuv avvalida O'zPFL madhiyasi yangramagani qayd etildi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Do'stlik” klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Ishtixon” — “Sirdaryo FA”

Birinchi liga chempionatining 10-turi doirasidagi “Ishtixon” — “Sirdaryo FA” uchrashuvini tashkil qilish jarayonida qator kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Jumladan, uchrashuv qaydnomasini to'ldirish uchun mezbon jamoa 20 daqiqa kech kelgani, uchrashuv video tasvirga olinmagani va tez tibbiy yordam mashinalari o'z vaqtida kelmaganligi oqibatida o'yin kechikib boshlangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Ishtixon” klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“OKMK Semurg” — “Paxtakor-farm”

Birinchi liga chempionatining 10-turi doirasidagi “OKMK Semurg” — “Paxtakor-farm” uchrashuvini tashkil qilishda ham reglament talablari buzilgani qayd etildi. Xususan, hakamlar brigadasi uchun belgilangan xona ochilmagani, O'zPFL madhiyasi yangramagani va stadion xonalarida zarur sharoitlar yaratilmagani aniqlangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “OKMK” klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Andijon U-19” — OKMK U-19

U-19 chempionatining 13-turidoirasidagi “AndijonU-19” — OKMKU-19 uchrashuvining 81-daqiqasidaOKMKU-19 jamoasi futbolchisi Akobir Mo'minov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'yin qo'llagani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizomqo'mitasiningqarorigako'ra, AkobirMo'minovga 2 tao'yingachetlashtirishintizomchorasiqo'llanildi.


“Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19”

U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvining 67-daqiqasida “Paxtakor U-19” jamoasi futbolchisi Muhammadshoh Ahmedov bosh hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammadshoh Ahmedovga 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro U-19” — “Nasaf U-19”

U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Buxoro U-19” — “Nasaf U-19” uchrashuvining 59-daqiqasida “Nasaf U-19” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ubaev raqib futbolchisiga oyog'i bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kamronbek Ubaevga 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor U-19” — “FarDU U-19”

U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19” — “FarDU U-19” uchrashuvining 45-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari ishtirokida tartibsizlik yuzaga kelgan. Natijada “Bunyodkor U-19” jamoasidan Asadbek Anvarov, Zikrilloh Muxtorov va Abdurahmon Otaxonov hamda “FarDU U-19” jamoasidan Ibrohimjon Musumjonov va Alisher Alijonov qo'pol xatti-harakatlari uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, mazkur futbolchilarning har biriga 5 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi. Shuningdek, “Bunyodkor” va “FarDU” klublariga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi.


Ayollar chempionati

“Surxon-W” — “Paxtakor-W”

Ayollar oliy ligasining 11-turi doirasidagi ushbu uchrashuvning 42-daqiqasida “Surxon-W” jamoasi futbolchisi Ezoza Ismoilova oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisiga zarba bergani uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ismoilovaga 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Sevinch-W” — “Neftchi-W”

Ayollar oliy ligasining 11-turi doirasidagi uchrashuvning 80-daqiqasida “Sevinch-W” jamoasi futbolchisi Maftuna Jonimqulova to'psiz vaziyatda raqib futbolchisini ataylab tepgani uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jonimqulovaga 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona-W” — OKMK-W

Ayollar oliy ligasining 12-turi doirasidagi uchrashuvning 32-daqiqasida “So'g'diyona-W” jamoasi futbolchisi Kumushoy G'ulomova raqib jamoasi golidan so'ng raqib futbolchisini oyog'iga tepgani uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, G'ulomovaga 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Aral-W” — “Xorazm-W”

Ayollar birinchi ligasining 11-turi doirasidagi ushbu uchrashuvning 52-daqiqasida “Xorazm-W” jamoasi futbolchisi Maxinur Qo'zieva hakam qaroriga etiroz qilib, raqib futbolchisini tepganligi uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Qo'zievaga 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Shu uchrashuvning 80-daqiqasida esa “Aral-W” jamoasi futbolchisi Shaxsanem Joldasbaeva to'p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog'iga tepganligi uchun qizil kartochka oldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Joldasbaevaga 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo'lishga chaqiramiz. Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!

Reyting:    

Fikrlar

+1   
28 avg 17:39:06
Фахриддин Рахманов
Қулланилган жарима маблағлари нима мақсадларга ишлатилса, йил якуни билан Ўзбекистон футбол ассоциацияси шу тўғрида маълумот берармикан.
+1   
28 avg 17:16:30
Islombek Dusmurodov
Superliga rahbarlari aslida silar va noinsof hakamlarni jazolash kerak halol futbolni yoʻlga qoʻy undan koʻra
+1   
28 avg 17:15:23
Азимжон 2524
Шу ерда жуда куп карор ва жазолар нотугри бази бир вокеалар уйинга умуман тасир килмаган вафше майдалашиб кетяпти ташкилот
+1   
28 avg 17:11:08
Mirjalol
Dinamoga qarshi choralar koʻpchiligi
+1   
28 avg 17:02:16
Nodir6353
Hakamlarga jazo borm
   
28 avg 19:37:33
Fayzullo Turgunov
Енди булак конунам ишлаб чикишкин айтеми нима бир бири билан гаплашишния такилаб куйишкин зур булади кулиблар узлари сенларди ойлигини ва буджетини тулдиришади вахт жузганлиги учурмиш туфу фудболда бу нармал холат андижонга карши куп учрашувларини куришчи ким вахт дузмаганикин эййй пфй чичиб куйишяпти бору конунлар чикаришни узб футболлини синдириш энди
   
28 avg 18:20:44
Poison
tashkilotni maqsadi soqqa qilish ekan. maydalashib ketgan.
   
28 avg 17:39:05
salom salom
SOF GOLLARNI INOBATGA OLMAGAN VAR VA HAKAMLARGA HAM BIROR BIR JAZO BORMI?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика