Bentu boshqargan terma jamoalar mundiallarda nima karomat ko'rsatgan?
28 avg 14:44
Yangiliklar


Bentu boshqargan terma jamoalar mundiallarda nima karomat ko'rsatgan?
2010 yil 21 sentyabr oyida Portugaliya terma jamoasini qabul qilib olgan Bentu bu lavozimda 4 yil faoliyat olib borgan. Uning qo'l ostida portugallar 47 ta o'yinda 26 g'alaba, 11 durang, 10 mag'lubiyatga uchragan. Evro-2012 turnirida yarim finalgacha etib borgan va penaltilar seriyasida Ispaniyaga engilgan.
2014 yil Braziliya mezbonlik qilgan mundialda Germaniyaga (0:4) engilgan, AQSH bilan durang o'ynagan (2:2) va Ganani taslim qilgan (2:1). AQSH bilan bir xil 4 ochko to'plagan Portugaliya to'plar nisbatiga ko'ra guruhda qolib ketgan edi.
2022 yil Janubiy Koreya ustozi sifatida Qatardagi Jahon chempionatida qatnashgan. Buni qarangki, bu safar omad Bentuga kulib boqdi. Xuddi 2014 yildagi kabi 4 ochko jamg'argan koreyaliklar Urugvay bilan durang (0:0), Ganaga mag'lubiyat (2:3), Portugaliyani mag'lub qilgan (2:1). Nimchorak finalda esa Braziliyaga (1:4) imkoniyatni boy bergan.
Janubiy Koreya terma jamoasidagi statistikasi: 57 ta o'yin 35 g'alaba, 13 durang, 9 mag'lubiyat
BAA terma jamoasida: 26 ta o'yin, 14 g'alaba, 5 durang, 7 mag'lubiyat
O’xshash yangiliklar

Fikrlar