So’nggi yangiliklar

12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  0 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  1 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  1 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  3 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  7 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   2 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  53 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  8 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  23 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  4 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  14 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4

Vlado Radmanovich: "Katanec ikki kun avval uchrashuvda ishtirok eta olmasligini aytdi va biz uni tushundik. Bugun g'alabaga loyiq edik" Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Katanec ikki kun avval uchrashuvda ishtirok eta olmasligini aytdi va biz uni tushundik. Bugun g'alabaga loyiq edik"

JCH-2026 saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan O'zbekiston - Gonkong (3:0) uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz

- Xayrli kech. Janob Katanec bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmadi va bugun men uning o'rnini bilintirmaslikga harakat qildim. Bugun Gonkongni mag'lub etdik. Ko'pchilik Gonkong terma jamoasini oson raqib deb tasavvur qilayotgan edi. Biroq raqibimiz himoyada juda tartibli o'yin namoyish etdi. Uchrashuvda erta gol urish juda muhim edi va biz ushbu vazifani bajardik. Erta gol urganimiz sabab qiynalmadik. Bugun g'alaba loyiq edik.

Eldor SHomurodov: Bugun minimum vazifani bajardik va g'alaba qozondik. O'yinni to'liq nazoratimiz ostida o'tkazdik. Bugun yangi rekord qayd etdik. Asosiy maqsadimiz guruhda birinchi o'rinni egallash.

- Janob Katanecning sog'lig'i to'g'risida malumot bersangiz... Bosh murabbiyimiz keyingi uchrashuvlarda ishtirok eta oladimi?

Vlado Radmanovich: Bosh murabbiyimiz shaxsiy muammolar sababli bugun bu erda emas. Biz faqatgina taxmin qilishimiz mumkin. Aniq bir malumot ayta olmayman. Ikki kun avval u uchrashuvda ishtirok eta olmasligini aytdi va biz uni tushundik.

Eldor SHomurodovga savol: ikkinchi bo'limda zaxiraga olindingiz. O'yin vaqti jarohat oldingizmi? Hozir o'zingizni qanday his etmoqdasiz?

- Ahvolim yaxshi. To'qnashuv ro'y bergan chog'i eski jarohatimning joyiga tegdi deb o'yladim, ammo hozir hammasi yaxshi. Ertaga doktor tekshiruvidan o'taman va to'liq tashxisni bilib olamiz. Hozir biroz og'riq bor va shu sababli murabbiylar bilan kelishgan holda almashtirildim.

- Murabbiyga savol: Birinchi bo'limda ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Hisobni ochganimizdan keyin ham yaqqol vaziyatlar yaratdik. Futbolchilar birinchi bo'limda to'pni biroz ko'proq ushlab yuborishdi va keraksiz harakat bajarishgandek tuyuldi. Bunga qanday baho berasiz?

Vlado Radmanovich: Birinchi navbatda uzoq mehmondagi uchrashuvdan keyin uzoq yo'l bosib o'tdik. Futbolchilarda esa tabiiyki, charchashgan. CHarchoqlarga qaramay, o'yinni to'liq nazorat qildik. Vaziyatlardan unumliroq foydalansak bo'lar edi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz.

- So'nggi yillarda terma jamoa safida ko'p yosh futbolchilar debyut qilishdi. Srechko Katanec va yordamchilari bunga katta hissa qo'shishdi. Murabbiylar shtabi yoshlarga ishonishda davom etadimi?

- Yosh futbolchilar o'zbek futbolining kelajagi. Ikki yil davomida buning ustida ishladik. Abbosbek Fayzullaev va Abduqodir Husanov kabi yosh futbolchilar terma jamoada yorqin o'yin namoyish etishmoqda. Bunda tashqari yana bir nechta umidvor va iqtidorli futbolchilarni kuzatib bormoqdamiz. Yosh futbolchilarni tahlil qilishda bizga federaciya xodimlari va ko'pgina murabbiylar yordam berishmoqda. Ravshan Haydarov va o'smirlar terma jamoasi murabbiylari bizga katta yordam berishmoqda. Yosh futbolchilarni ham sekin-astalik bilan terma jamoaga jalb etamiz.

- Bugungi g'alabadan so'ng Osiyo kubogi-2027 yo'llanmasini qo'lga kiritdik va JCH-2026 saralashi keyingi bosqichiga yo'l oldik. Faqat birinchi o'rin masalasi hozircha hal etilmay qoldi. Eronga qarshi mehmonda kechadigan uchrashuv biz uchun juda muhim. Eronni mag'lub etish juda muhim. Eron terma jamoasi esa hozirgi kunda avlodlar almashinuvini boshladi. Eron terma jamoasini mag'lub eta olishimiz qanchalik real?

Eldor SHomurodov: Bizning maqsad keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonish. Maqsadimiz guruh g'olibi bo'lish. Raqib qaysi jamoa bo'lishining farqi yo'q.

- Bugungi g'alabadan so'ng Osiyo kubogi-2027 yo'llanmasini qo'lga kiritdik va JCH-2026 saralashi keyingi bosqichiga yo'l oldik. Faqat birinchi o'rin masalasi hozircha hal etilmay qoldi. Eronga qarshi mehmonda kechadigan uchrashuv biz uchun juda muhim. Eronni mag'lub etish juda muhim. Eron terma jamoasi esa hozirgi kunda avlodlar almashinuvini boshladi. Eron terma jamoasini mag'lub eta olishimiz qanchalik real?

- Erondan avval Turkmaniston terma jamoasi bilan to'qnash kelamiz. Turkmaniston terma jamoasini dastlabki uchrashuvda yaxshi o'rganib chiqdik. Har bir uchrashuv juda muhim va g'alaba qozonish — bizning maqsadimiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика