So’nggi yangiliklar

22:21Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  4 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  0 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  15 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  10 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   5 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  5 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  3 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  4 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  8

Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol ko'rsatdik va oldingi chiziqda yaratilgan imkoniyatlardan foydalandik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol ko'rsatdik va oldingi chiziqda yaratilgan imkoniyatlardan foydalandik"

Superliga 17-tur doirasidagi "Neftchi" - "Olimpik" (3:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Biz bugun orqada tartibli futbol o'ynadik. Oldingi chiziqda yaratgan vaziyatlardan foydalandik. Bu xursand qiladi.

— O'tgan o'yinda 0:3 hisobida engilgan edi jamoa, bugun 3:0 hisobida g'alaba qozonildi. Bu taktik maqsad edimi? 

— Bilasizmi, himoyada koncentraciya bo'lmasa va epizodlarni oxirigacha o'ynab qo'ymasa muammolar bo'ladi. Raqiblar foydalanadi. O'tgan o'yinni tahlil qildik. Hamma o'tkazib yuborgan gollarimiz xatolarimiz ortidan keldi. Bellashuvda etiborli bo'lish talab etiladi. Bo'shashmaslik kerak. Bugun buni uddaladik. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanganimiz ko'ngilga taskin berdi.

— Bugun Botirali Ergashev qaydnomada ko'rinmadi?!

— U jarohati sababli bahsni o'tkazib yubordi. Bundan avvalgi o'yinda ham muammo bor edi, ammo mashg'ulot paytida uni kattalashtirib oldi. Hozir jarohatidan forig' bo'lish bilan band. 

— Tanaffus uchun rejalar bormi?

— Taxminan 13 sentyabrda maydonga tushamiz. Agar hech qanday o'zgarish bo'lmasa albatta. Hozir bor etiborimiz "Paxtakor" bilan bo'ladigan mehmondagi bahsga qaratilgan. O'rtoqlik o'yinlar borasida muzokaralar ketmoqda. Agar aniq malumot bo'lsa, klub matbuot hizmati buni elon qiladi. Balki bir yoki ikkita uchrashuv o'tkazamiz. 

— Effiongning o'yini haqida fikringiz qanday?

— U harakat qilyapti. Bizni oldingi chizig'imizda raqobat bor. Etakchi futbolchilarimiz bor. Nsungusi qo'llarini tushurib yuborgani yo'q. Kurashyapti. 

— Neftchi hujum chizig'i shu tempni ushlab qoladimi?

— Bilasizmi, hujumchi shunday kasbki, undan doim gol kiritishini so'rashadi. Buni har doim ham uddalash qiyin. Aytganimdek, bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. Ular zaxiradan tushib tezlikni oshirishi mumkin. Masalan Azizda biroz o'yinlarda pasayish kuzatildi. Uni dam olib zaxiradan tushishi uchun almashtirdik. Bugun o'yinga qo'shilib ikkita gol urdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика